SAMORI (SAMORY) TYPE

SAMORI (SAMORY) TYPE (taxminan 1840— 1900) — Afrika davlat va siyosat arbobi, lashkarboshi. Yuqori Niger havzasidagi Malinka xalqining Uasulu davlati asoschisi (19-asrning 70—90-yillari). G’arbiy Afrika xalqlarini birlashtirishga harakat qilib, Yevropa mustamlakachilariga qarshi kurashgan. Frantsuzlar tomonidan 1898 yilda asirga olingan va Ndjole (Gabon) qishlog’iga surgun qilingan, o’sha yerda vafot etgan.