San-Marino
San-Marino (San Marino), San- Marino Respublikasi (Repubblika di San Marino) — Jan. Evropada, Apennin ya.o.da, Adriatika dengizi sohilidan 13 km uzoqlikda joylashgan davlat. Ita- liya hududi b-n o’ralgan. Mayd. 61 km2. Axoliey 27730 kishi (2002). Poytaxti — SanMarino sh. Ma’muriy jihatdan 9 okrug (qo’rg’on)ga bo’lingan. Davlat tuzumi. S.M. — respublika. Amaldagi Konstitusiyasi («Statut» — S.M. Respublikasi davlat tuzilishi ti- zimi to’g’risidagi qonunlar majmuasi) 1600 y. 8 okt.da ma’qullangan. Keyincha- lik unga tuzatishlar kiritilgan. Katta Bosh Kengash tomonidan 6 oy muddatga saylanadigan ikki kapitanregent davlat boshlig’y vazifasini bajaradi. Qonun chiqaruvchi oliy organ — katta Bosh ken- gash (bir palatali parlament). Ijroiya hokimiyatni kapitanregentlar Davlat Kongressi (hukumat) b-n birgalikda amalga oshiradi. Tabiati. S.M. — tog’li mamlakat, Apennin tog’lari etagidagi Titano tog’i (bal. 738 m) yon bag’rida joylashgan. Ol- tingugurt koni bor. Iklimi O’rta dengiz- ga xos, subtropik (eng issiq oyda o’rtacha tra 23°, eng sovuq oyda 2,5°), qishda ba’- zan qor yog’adi. O’rtacha yillik yog’in — 800-900 mm. Subtropik o’simliklar, eman va kashtanzorlar bor. Qush ko’p. Aholisi — asosan, SanMarino- liklar. Rasmiy til — italyan tili. Aholisining 15%ga yaqini chet ellarda, asosan, Italiyada, shuningdek, Fran- tsiya va AQShda yashaydi. Shahar aholisi 89,3%. Dindorlari — katoliklar. Yi- rik shaharlari: SanMarino, Serravalle, BorgoMajore. Tarixi. S.M. Evropadagi qad. davlat- lardan hisoblanadi: tarixi 301 y.dan boshlanadi. Rivoyatlarga qaraganda, unga Dalmasiyadan qochib kelgan xristian dinidagi toshkesar Marino asos sol- gan (keyinchalik uni avliyo deb atashgan, «san» old qo’shimchasi shundan kelib chiqqan). Birinchi bor SanMarino Respu- blikasi nomi 10-a. xujjatlarida qayd etilgan. 1740 y. Rim papasi Respublika mustaqilligini tan olgan. Yagona Ita- liya davlati tashkil etilgach (1861), S.M. 1862 y.da Italiya b-n do’stlik va totuv qo’shnichilik to’g’risida shartnoma tuz- gan. 1923 y. Sm.da hokimiyatni fashist- lar egalladi. 2-jahon urushida S.M. betaraflik e’lon qilgan bo’lsada, 1944 y. 4 sent. da nemis fashistlari uni bo- sib oldi, ammo tez orada ozod qilindi. Urushdan keyingi yillarda mamlakat muxim xalqaro turizm maskanlaridan biriga aylandi. S.M. — 1992 y.dan BMT a’zosi. Milliy bayrami — 3 sent. — Re- spublikaga asos solingan kun (301). Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. S.M. sosialistik partiyasi, 1896 y. tuzilgan; S.M. xristiandemokra- tik partiyasi, 1945 y. tashkil etilgan; Demokratlar partiyasi, 2000 y. tuzilgan; S.M. kommunistik o’zgartirish partiyasi; S.M. taraqqiyparvar demokratik parti- yasi, 1990 y. asos solingan; S.M. milliy uyushmasi, 2001 y. tashkil etilgan. S.M. mehnatkashlari demokratik konfede- rasiyasi, 1957 y. tuzilgan; S.M. mehnat konfederasiyasi, 1945 y. asos solingan. Xo’jaligi. S.M. sanoati va hunarmandchiligi ichki ehtiyoj va chet el sayyohlariga xizmat qilishga ixti- soslashgan (1 y.da 3 mln. sayyoh kelib ketadi). Bundan tashqari, to’qimachilik, tsement, qog’oz, ko’nchilik, metall ish- lash, kimyo, mebel, keramika, vinochi- lik, un, yog’i.ch. korxonalari ham bor. Hunarmandchilik (esdalik sovg’alar, qimmatbaho tosh va yog’och buyumlari i.ch.) rivojlangan. Numizmatlar uchun tanga- lar va pochta markalari chiqariladi. Ita- liyaning mashinasozlik va b. firmalari filiallari bor. Qishloq aholisi, aso- san, g’allachilik (bug’doy, makkajo’xori), tokchilik, chorvachilik b-n shugullanadi. Elektrlashtirilgan t.y. va avtomobil yo’li S.M.ni Italiyaning Rimini sh. Va porti b-n bog’laydi, mamlakatning tashqi savdosi shu shahar orqali amalga oshiri- ladi. Chetdan sanoat xom ashyosi, energiya manbalari, oziq-ovqat oladi, chetga vino, mashinasozlik va kimyo mahsulotlari, Su- venirlar chiqaradi. Pul birligi — ita- liya lirasi. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. Nashr etiladigan asosiy gaz.lar: «Argomenti» («dalillar», oy- lik gaz.), «Nuovo Titano» («Yangi Tita- no», 2 haftada bir marta chiqadigan gaz., 1902 y.dan), «progresse» («taraqqiyot», oylik gaz., 1944 y.dan), «SanMarino» (2 haftada bir marta chiqadigan gaz., 1948 y.dan). Milliy axborot agentligi yo’q. «SanMarino RTV» radiotelevizion xizmati (1991 y.dan) va «radio Titano» radio st-yasi bor. Me’morligi va san’ati. Devor b-n o’ralgan poytaxtdagi yonmayon kurilgan 1-3 qavatli uylar tog’qiyaliklarida terrasa hosil qilib joylashgan. San- Marino sh.da 13— 16-a.larga oid Mino- rali shahar devorlari (Il Montale, 13- a.), La Rokka (11-a.) va La Chesta (15-a.) qo’rg’onlari qoldiqlari saqlangan. O’rta asrlar va Uyg’onish davriga oid bino va cherkovlar 18-19-a.larda ko’p marta ta’mirlanganligi sababli dastlabki qiyofasi o’zgarib ketgan. 14-17-a.larda yaratilgan san’at asarlari namunalari saqlanib qolgan. Tosh o’ymakorligi va ke- ramika amaliy bezak san’atining an’a- naviy turlaridir. S.M.da Davlat kutub- xonasi, Davlat arxivi; Davlat muzeyi, Davlat rasmlar galereyasi, qad. qurollar muzeyi bor.