Sanasiya
Sanasiya (lot. canatio — sog’lomlashtirish, davolash) — bankrot- lik xavfidan qutqarish, korxonalar, firmalar, kompaniya va b.ning moliyaviy ahvolini yaxshilashga qaratilgan davlat va bank choratadbirlari tizimi. Asosiy yo’nalishlari — nochor korxonalarni kreditlash, qayta tashkil etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlar yoki faoli- yat turlarini o’zgartirish, o’z xomiyli- giga o’tkazish va b. S. bozor iqtisodiyoti uchun tabiiy narsa, chunki bozor qonuniyatlariga ko’ra, bir korxonaning gullabyashnab ketishi, boshqasining tang ahvolga tushishi yuz beradi. S. orqali davlat bozor iktisodiyotiga ta’sir eta- Di. O’zbekistonda S. tadbirlari O’zbekiston Respublikasining, «Qishloq xo’jaligi korxonalarini sanasiya qilish to’g’risida» qonuni (1997 y. 25 dek.)ga muvofiq, 1998 y.dan qishloq xo’jligida S.ga tushgan (bankrot bo’lgan yoki uning arafasida turgan) q. x. korxonalariga nisbatan davlat tomonidan moliyaviy yordam va tashqi ishonchli boshkaruvchilar tayinlash shaklida amalga oshirildi va qoniqarli natijalar berdi.