San’at

San’at — ijtimoiy ong va in- son faoliyatining o’ziga xos shakli. S. qadimiy tarixga ega bo’lib, u jami- yat taraqqiyotining ilk bosqichlarida mehnat jarayoni b-n, kishilar ijtimoiy faoliyatining rivojlanishi b-n bog’liq holda vujudga kela boshlagan. Ibtidoiy S.ning dastlabki izlari so’nggi paleolit davriga, taxminan mil. AV. 40—20ming yillikka borib taqaladi. U davrda hali S. inson faoliyatining mustaqil shakli sifatida ajralib chiqmagan edi. Chunki ma’naviyat moddiy i.ch. bilan qorishiq holatda edi. Keyinchalik madaniyatning o’sishi natijasida S. alohida soha sifa- tida astasekin ajrala bordi. S. odamlarning estetik talablarini qondirish b-n birga, o’z taraqqiyotining turli davrlarida jamiyat a’zolarini ma’lum ruxda tarbiyalash, ularni akliy va hissiy jihatdan rivojlantirish vo- sitasi sifatida xizmat qilib kelgan, ularning turli maqsad, histuyg’u, manfa- at, ideallarini ifoda etgan. S. ijtimo- iy ongning boshqa shakllaridan o’zining predmeti, mazmuni, voqelikni ifoda etish usuli va uslubi, ijtimoiy hayotda tutgan o’rni hamda vazifalari jihatidan farq qiladi. S insonning moddiy va ma’naviy faoliyatidagi bilimi, tajri- basi, mahorati va qobiliyatlarini namo- yon etuvchi badiiy ijodiyot mahsulidir. Estetik tafakkur tarixida S. narsa va hodisalarni qanday bo’lsa shunday aks ettirish va hayotni go’zallik qonunlari asosida badiiy ifodalash g’oyalari sari yuksalib bordi. Tabiat, jamiyat va inson- ning ijtimoiy, ma’naviy, milliy dunyo- si S. predmeti hisoblanadi. Voqelik qaysi shaklda badiiy ifoda etilmasin, ijodkor unga ma’lum ijtimoiyestetik ideal nuqtai nazardan munosabat bildi- radi va o’z estetik bahosini beradi. S.ni tushunish, uning kiplutar hayotidagi o’rnini aniqlash masalasi bu- tun madaniyat tarixi davomida jiddiy bahslarga sabab bo’lgan. Shunga ko’ra, S. mazmuni ob’ektiv va sub’ektiv, hayotiy va xayoliy omillar birligidan tashkil topadi. S.ning ijtimoiyestetik vazi- falari juda keng va xilmaxil. S. — in- son uchun estetik zavqshavq manbai; in- son hayotiga go’zallik baxsh etadi; odam- larda voqelikka nisbatan hissiy muno- sabatni shakllantiradi; hayotni kuzatish, o’rganish va bilish vositasi; hayotni in- son orzu qilgan tomonga o’zgartirishda yordam beradi; tarbiya vositasi; hayotdagi go’zallikdan ilhrmlanishga, xunuklik- dan nafratlanishga chorlaydi; odamlar s, orasidagi ma’naviy ko’prik, muloqot ! vositasi; odamlarning badiiyeste- tik didini tarbiyalaydi, ularda ma’- lum dunyoqarashni shakllantiradi va h.k. S. jamiyat ma’naviy hayotining boshqa hodisalari (fan, mafkura, axloq) b-n ma’lum darajada bog’likdir. S.ning maqsadi dunyoni badiiy o’zlashtirish, odamga lazzat baxsh eta oladigan, uni ma’naviy boyita oladigan asarlar yara- tish yo’li b-n kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishdan iborat. S. asarlarining diqqat markazida in- sonlar, ularning ijtimoiy aloqasi va o’zaro munosabatlari, muayyan tarixiy sharoitlardagi hayoti, faoliyati turadi. Shuning uchun ham S. asarlari beradi- gan ma’rifiy bilim muayyan mamlakat, millat yoki bir tarixiy davr va shaxslar haqidagi ilmiy asarlardan olingan ma’- lumotlardan farqqiladi. S.ning tarbiya- viy kuchi unda ifoda etilgan kechinma va obrazlarning har bir o’quvchi, tomosha- binning qalbiga kirib borishi, ularda Zavqiy hissiyotlarni uyg’otishidadir. S turli ko’rinishlari b-n o’ziga xos badiiyestetik qadriyatlarni to’plash, saqlash va boshqalarga uzatish xususiya- tiga ega bo’lgan estetik tizimni tashkil etadi. S. tasviriy san’at, me’morlik, rassomlik, haykaltaroshlik, musiqa, teatr, kino, tsirk, badiiy adabiyot, xore- ografiya va b.ni o’z ichiga oladi. S.ning turlari o’z predmeti, tasvir vositala- ri va ifoda imkoniyatlari jihatidan birbiridan farq qiladi. Mac, adabi- yotda asosiy ifoda vositasi bo’lib til xizmat qiladi; tasviriy S.da bo’yok/iap orqali konkrethissiy obraz gavdalanti- riladi; teatrda pesa qaxramonlarining siymosi aktyorlarda o’z aksini topadi. S. barcha ijtimoiy ong shakllari sin- Gari o’z taraqqiyot qonuniyatlariga ega. Bu qonuniyatlar S.ning o’z ichki xusu- siyatlaridan kelib chiqsada, ijtimoiy taraqqiyot b-n bog’liq bo’lgan xalq, mil- lat, elat, mamlakat va jahon tsivilizasi- yasi darajasi bu qonuniyatlarda o’z ifo- dasini topadi. S. qonuniyatlarini este- tika, san’atshunoslik o’rganadi. Kuchma ma’noda — faoliyatning bar- cha sohalariga xos yuksak mahorat «S.» deb tushuniladi. Mas, bahs yuritish S. i, urush olib borish Si, rahbarlik Si., notiqlik Si va h.k. Ad.: Aristotel, Poetika (ruschadan M. Mahmudov va u. Tuychiev tarjimasi), T., 1980; Pugachenkova G. A., Rempel L. I., Istoriya iskusstv O’zbekistana, M., 1965; Mahmudov T., Estetika i duxovnie tsennosti, T., 1992. Tilab Mahmudov.