San’at instituti

San’at instituti, Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti — drama, musiqali drama va qo’g’irchoq teatrlari uchun aktyor, rej.lar hamda kino uchun kinoaktyor, operator, kino rej.lar, teatr va kinoshunoslar va b. yuqori malakali san’at mutaxassisla- rini tayyorlovchi oliy o’quv yurti. 1945 y. Toshkent sh.da O’rta Osiyo davlat teatr san’ati in-ti sifatida tashkil etilgan. 1948 y. rus dramaturgi A. N. Ostrovskiy (1823-86) nomi berilgan. 1991 y.dan o’zbek teatr arbobi Mannon Uyg’ur no- mida. 1954 y. in-t huzurida rassomlik FTI ochilib, teatr va rassomlik san’ati in-tiga aylantirilgan. 1987 y.dan in- tda mutaxassis tayyorlash doirasi yanada kengayib, maxsus kinotelevidenie rej. ligi, operatorlik, san’at jurnalistika- si ixtisosliklari buyicha kadrlar tay- yorlash yulga qo’yildi. 1997 y.dan rassom- lik san’ati FTI mustaqil in-t maqomida ajralib chikdi (q. Milliy rassomlik va dizayn instituti) va in-t hozirgi nomi b-n atala boshladi. In-tda 5 ta ft (teatr san’ati; kino, televidenie san’ati va radio; san’atshunoslik va qo’g’irchoq tea- tri san’ati; sirtdan o’qish; malaka oshi- rish) mavjud; magistratura, aspirantu- ra, ilmiy kengash faoliyat kursatadi. 2002/03 uquv yili 765 ta talaba ta’lim oldi; 100 dan ziyod pedagog, shu jumladan, 9’fan D-ri, 10 professor, 42 fan nomzo- Di va dosent ishlaydi (2004). Int fao- liyati turli yillarda ishlagan Mannon Uyg’ur, Ya. Bobojonov, S. Tabibullaev, L. Xujaeva, Q. Xo’jaev, A. Ginzburg, N. Ti- mofeeva, yu. Ioffe, I. Rubinshteyn, I. Akbarov, S. Veksler kabi etakchi olimpe- dagoglar nomi b-n bog’liq. In-tda ta’lim olgan rej.lardan T. Xujaev, O. Chernova, Sh. Abbosov, B. Yo’ldoshev, teatrshunos- lardan M. Rahmonov, M. Krdirov, T. Tur- sunov, T. Bayandiev. T. Islomov, S. Tur- sunboev, M. Tulaxujaeva, aktyorlardan 3. Muxammadjonov, R. Hamroev, Ya. Abdul- laeva, T. Azizov, B. Zokirov, N. Ansatbo- eV, R. Ibrohimova, Yo. Ahmedov, E. Komi- lov, P. Saidkosimov, G. Jamilova va b. respublika san’ati rivojiga munosib hissa qo’shdi. Toshpo’lat Tursunov.