SANDERLEND

SANDERLEND — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyaning shimoliy Sharqiy qismida. Taynsayd konurbasiyasida. Aholisi 297,2 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Shimoliy dengiz sohilidagi port. Yirik kemasozlik, kema dvigatellari ishlab chiqarish, elektrotexnika, oynashisha, tikuvchilik, qog’oz sanoati korxonalari bor.