Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari instituti
Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari instituti — O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli i.t. muassasasi. 1934 y.da Toshkent sh.da tashkil etilgan. Dastlab Sanitariya i.t. instituta deb nomlangan. 1940 y.da Mexnat gigienasi va kasb kasalliklari in-tiga aylantiriddi. 1956 y.dan hoz. nomda. In-tda 4 ilmiy bo’lim, 12 lab., 100 o’rinli klinik kasalxona, dispenser bo’limi, aspirantura, vivariy, kutubxo- na bor (2004). Int xodimlaridan 35 kishi fan D-ri, prof., 171 kishi fan nomzodi, jumladan, 1 kishi O’zbekiston FA akad. (T.I. Iskan- darov), 1 kishi (III. T. Otaboev) Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati, 2 kishi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach. Int xodimlari tomonidan issiq iqlim sharoitida tashqi muhitni zarar- li omillardan muhofaza qilish, tashqi muhitning ifloslanish darajasini ol- dindan bashorat etish, q.x va sanoat kor- xonalarida mehnat sharoiti hamda reji- mini yaxshilash, kasalliklarni kamayti- rish, bolalar va o’smirlar sog’ligini sa- klash va mustahkamlash, ovqatlanishning gigienik asoslarini ishlab chiqish kabi dolzarb masalalar ustida tadqiqot olib boriladi. Int monografiya, darslik, uslubiy qo’llanmalar va ilmiy ishlar to’plami nashr etadi.