Sanjar Siddiq
Sanjar Siddiq (taxallusi; asl ism-sharifi Siddiqov Bosit) (1900— Toshkent—1938.8.10) — tarjimon va jurnalist. Mexnat faoliyati 1919 y.da boshlangan. «Er yuzi» jur.da mas’ul ko- tib (1925). O’zbekiston Davlat nashriyoti- da adabiy xodim va muharrir (1930— 31), «Kitob va inqilob» (1932-33) va «Guli- ston» (1934-37) jur.larvda mas’ul ko- tib. «Birov», «bir kishi», «gazetachi», «Kaltadum», «Kitobxon», «Ko’zquloq», «S.S.», «Siddiqov», «toshkentlik» ta- xalluslari b-n asarlar yozgan. «Adabiy tarjima san’ati» (1936) kitobi mualli- Fi. S.S. adabiy tarjima masalalariga bag’ishlangan maqolalari va kitobi b-n o’zbek tarjimashunoslik ilmiga asos solgan. U Lope de Veganing «Qo’zibuloq qishlog’i», N. V. Gogolning «Revizor», N. Pogodinning «mening do’stim», V. Kirshonning «ajoyib quyulma» pesala- ri hamda AsHabib Vafoning «Bombey», Ubayd Zokoniyning «mushuk va sichqon qissasi», L. N. Tolstoyning «Kavkaz asi- ri» qissasi, P. Pavlenkoning «Sharqda» romanini o’zbek tiliga tarjima qilgan.