Sano (Cassia), Makkai sano, Senna
Sano (Cassia), Makkai sano, Senna — tsezaljindoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’t, buta yoki kichik daraxt- lar turkumi. Poyasi shoxlangan, pastki qismidagi shoxlari erga tegib usadi. Bargi murakkab, juft patsimon, 5-10 juft ingichka bargchali: guli oq yoki qizg’ish, to’pguli shingilsimon. Changchi- si 10 ta, shundan 3 tasi ko’pincha reduk- tsiyalangan. Asosan, tropik va subtropi- Klarda (ayniqsa, Amerikada) o’sadigan 500-600 turi bor. To’mtoq bargli, in- gichka bargli va o’tkir bargli S. dori- vor. Arabistonda tarqalgan. O’rta Osiyo, Qozog’iston, Zakavkaze, Ukrainaning Jan.da o’stiriladi. O’tkir bargli S. ning bargi tarkibida ichni yumshatuvchi antra- glikozidlar bor. Bargidan poroshok tay- yorlanadi, qaynatib suvi ichiladi.