Santa-marta

Santa-marta — Kolumbiyaning shimoliy qismidagi shahar. Magdalena departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 309,3 ming kishi (1990-yillar oxiri). Karib dengizi sohilidagi port (chetga banan, kofe, chorvachilik, mahsulotlari chiqariladi). Aeroport bor. Oziq-ovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. Shaharga 1525 yilda asos solingan. Me’moriy yodgorliklaridan 17-18-asrlarda qurilgan qal’a va soborlar saqlangan.