SANTANDER
SANTANDER — Ispaniyaning shimoliy qismidagi shahar. Kantabriya provintsiyasi va Muxtor viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 184,2 ming kishi (1998). Biskay qo’ltig’i soxilidagi port. Metallurgiya, kemasozlik va samolyotsozlik, elektr jihozlari ishlab chiqarish, to’qimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Iqlim kurorti. Gotika sobori (13- asr) saqlangan.