Santur, santuri
Santur, santuri — ko’p torli urma musiqa cholg’u asbobi, chang turi. Kavkaz mintaqasi, Eron, shimoliy Hindiston, Turkiya va boshqa mamlakatlarda professional musiqa sozi sifatida keng tarqalgan. Quti shaklida, 2 ta cho’p bilan urib chalinadi. Xromatik tovushqatorga ega. Tovushi mayin va yoqimli. Santur yozma manbalarga ko’ra, O’rta Osiyoda (jumladan, Buxoro amirligida) 16-asrdan ma’lum bo’lgan.