Santyago, Santyagodeloska- baleros

Santyago, Santyagodeloska- baleros — Dominikana Respublikasining shimol qismidagi shahar. Vegareal vodiysida joylashgan. Santyago provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 365 ming kishi (1990 yillar o’rtalari). Temir yo’l tuguni. Qishloq xo’jalik (kofe, kakao, tamaki, sholi, chorvachilik) rayonining savdo markazi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, oziq-ovqat va poyabzal korxonalari bor. Shahar yaqinidan oltin qazib olinadi. Shaharga 1495 yilda X. Kolumb tomonidan asos solingan. Katolik universiteti, teatr, muzeylar bor.