Saparova Rayhon

Saparova Rayhon (1948.15.7, Nukus) — aktrisa, xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1998). Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutini tugatgan (1971). 1971-86 yillar Qoraqalpoq davlat musiqali drama va komediya teatrida, 1986 yildan Qoraqalpog’iston yosh tomoshabinlar teatrida aktrisa (1986-2000 yillar badiiy rahbar). Asosiy rollari: Turdigul («Jumagul»), Xoisha («Suymaganga suykanma»), hurliqo («oshiq G’arib»), Fatmaismoil («Abu Rayhon Beruniy»), Zumrad («o’z arizasiga ko’ra»), Klementino («oti o’chsin»), Bahor («Yurak o’ti so’nmasin»), Oysha («Kelin»), Gulziyra («onalar»), Zubarjat («Oy tutilgan tunda»).