Saponinlar

Saponinlar (lot. saponis — so- Vun) — glyukozidlar guruhiga mansub azotsiz murakkab organik birikma- lar. S.ning ta’mi achchiq, hidi o’tkir, chayqatilganda (kontsentrasiyasi 0,001 g/l bo’lgandayoq) sovunga o’xshab ko’piradi. Sof S. — rangsiz yoki sarg’ish amorf moddalar. Suvda eritilganda kolloid eritmalar hosil bo’ladi. Suvli eritma- lari moylar va smolalar b-n barkaror emulsiyalar beradi. Kislota yoki Fer- mentativ gidroliz natijasida S. mono- saxaridlarga va uglevod bo’lmagan qism — aglikon (sapogenin) ga parchalanadi. Ra’nodoshlar, chinniguldoshlar oilasiga mansub o’simliklarda ayniqsa ko’p. Tar — kibida S. bo’lgan o’simliklar (mas, so- vundaraxt, qizilmiya, ipomeya, etmak va b.) tibbiyotda balg’am ko’chiradigan va siydik haydaydigan vosita sifatida ishlatila- Di. Oziqovqat sanoatida turli ichimli- klar, qandolatchilik mahsulotlari tay- yorlashda qo’llanadi. Ba’zi S. (sapotok- sinlar) o’ta zaharli.