Saprotroflar

Saprotroflar (Yun. sapros chi- rigan va …trof) — o’simliklarning organik qoldig’i, hayvonlar murdasi va axlati b-n oziklanadigan organizmlar S. organik moddalarni minerallashti- rishi tufayli tabiatda moddalar ayla- nishi jarayonida muhim ahamiyatga ega. S.ga bakteriyalar va zamburug’lar b-n birga saprofitlar — ayrim suvo’tlar, yuksak o’simliklar kiradi. S. hayvonlar — saprofaglarga yomg’ir chuvalchanglari, tuproq va suvda yashovchi ko’pchilik ne- matodalar va bir hujayralilar, ayrim hasharotlar (o’limtikxo’r qo’ng’izlar, go’ngxo’rlar, ikkiqanotlilar qurtlari), qisqichbaqasimonlardan, asosan, yonlab suzarlar, Daryo qisqichbaqalari, sut Emi- zuvchilar (giena va b.), qushlar ( qarg’alar, quzg’unlar), fakultativ S.ga ko’pchilik yirtqich va hammaxo’r hayvonlar kiradi. Suv S.i suvning biologik tozalanishi- da ishtirok etadi. Tuproq S.i tuproq hosil bo’lishida qatnashib, tuproq hosildorligini oshirishga yordam bera- Di.