Saqmon, saqmol

Saqmon, saqmol — qo’zilarining yoshi va rivojlanishi bir xil bo’lgan Emi- zikli ona qo’ylar guruhi. S.lar, odatda, yangi qo’zilarni but saqlash, parvarish- lash masqadida tuziladi. Qo’zilarning yoshiga, ya’ni tug’ilgan kuniga ko’ra kichik, o’rta va katta S.larga bo’linadi. 1 -10 kunlik Qo’zisi bo’lgan ona qo’ylar guruhi kichik, Qo’zisi 11-20 kunliklari o’rta; Qo’zisi 21 — 30 kunliklari katta S.ga kiradi. Har bir Sga cho’pon vazifasini bajaruvchi «saqmonchi» tayinlanadi. Qo’zilarning chiniqishi, rivojlanishi va b. belgilariga qarab to’l mavsumi dav- rida qo’zili qo’ylar kichik Sdan katta Sga ko’chiriladi. Tul mavsumi tugagach, S.lar yagona suruvga biriktiriladi va qo’zilar o’z onalari b-n 4-5 oygacha birga parva- rishlanadi. Abdusattor Achirov.