Saragosa

Saragosa — Ispaniyaning shimoliy Sharqiy qismidagi shahar, Ebro daryosi bo’yida. Aragon Muxtor viloyati va Saragosa provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 841,4 ming kishi (1998). Mashinasozlik (jumladan, temir yo’l va qishloq xo’jalik mashinasozligi, stanoksozlik, avtomobilsozlik, elektr jihozlari ishlab chiqarish), oziq-ovqat, kimyo, to’qimachilik, yog’ochsozlik, tsement, ko’nteri sanoati korxonalari mavjud. universitet (1533), nafis san’at muzeyi bor. Shaharga miloddan avvalgi 27 yilda rimliklar asos solgan. 714 yilda arablar hukmronligi ostida bo’lgan. 1118 y.dan Ispaniya tarkibida. Me’moriy yodgorliklardan 11— 17-asrlarda qurilgan sobor, minora, cherkov, saroylar saqlangan.