Saralash
Saralash (chorvachilikda) — erkak va urg’ochi nasldor hayvonlar va par- randalarni maqsadli yo’nalishda reja asosida chatishtirish S. tanlash b-n cham- barchas bog’liq bo’lib, naslchilik ishla- rida ota-onaga xos bo’lgan selektsion belgilarni avloddan avlodga o’tishi Xu- susiyatini saqlab qolish maqsadlarida o’tkaziladi. Selektsiya amaliyotida urg’ochi hayvonlarga erkak hayvonlarni juftlash bo’yicha yakka, yalpi va yalpiyakka S. shakllari qo’llaniladi. Yakka tartib- da S.da har bir ona molga yakka tartib- da ma’lum bir tizim va oilaga mansub erkak hayvon juftlanadi. Naslchilik xo’jaliklarida qo’llaniladi. Yalpi S.da guruhtsagi ona mollar, asosan, 2 erkak hayvonga biriktiriladi. Bu shakl nasl- chilik bo’lmagan xo’jaliklarda ishlati- ladi. Yakkayalpi S.da podadagi har bir guruh ona hayvonlarga 1 erkak hayvon juftlantiriladi va naslchilik st- yalarida amalga oshiriladi. S.da belgi- larning o’xshash yoki o’xshash bo’lmasligi bo’yicha gomogen va geterogen turlar mavjud. Gomogen S.da tana tuzilishi, yo’nalishi, mahsuldorlik darajasi yaqin bo’lgan ota va ona hayvonlar juftla- nadi. Geterogen S.da esa tipi, kelib chiqishi va mahsuldorlik xususiyatlari har xil erkak va urg’ochi hayvonlar tan- lab olinadi. Geterogen S. geterozigo- talik holatini kuchaytiradi. Zot ichi- da geterogen S.ni qo’llash krosslarni yaratishda muhim ahamiyatga ega. S.da hayvonlarning yoshi ham muhim va etuk yoshdagi hayvonlar juftlashtirilganda ulardan olinadigan avlodlar har tomon- Lama baquvvat bo’ladi. S.da qarindoshlik darajasi bo’yicha qarindosh (inbriding) va o’zaro qarindosh bo’lmagan (autbri- ding) hayvonlarni juftlashtirish usul- lari mavjud. Chorvachilik selektsiyasida S. usul- lari va shakllaridan foydalanish keng yo’lga qo’yilgan. Mac, Santagertru- da qoramol zotinn yaratishda dastlab shortgorn zotini Hindistondan kelti- rilgan zebu b-n geterogen saralangan. Keyinchalik «o’z ichida» qarindoshlik urchitish natijasida foydali belgi- lar yuzaga chiqib, zotga xos biologik Xu- susiyatlar irsiyatda mustahkamlangan. O’zbekistonda bu zotning bir necha ti- zimlari va 20 dan ortiq sigirlar oilasi yaratilgan. Yilqichilikda geterogen S. usullaridan foydalanib Angliya zoti b-n qorabayir va Angliya zoti b-n Axaltaka zo- tini S. orqali ulardan angliyaqorabayir va angliyaaxaltaka duragaylari olinib, ot sportida samarali foydalanilmoqda. Izatulla Eshmatov.