Saramas

Saramas (Arab.) — teri (kam- dankam hollarda shilliq pardalar) ning yallig’lanishi. O’tkir yuqumli ka- sallik. S.ni patogen streptokokklar ko’zg’atadi. Terining tirnalgan, qavargan, jarohatlangan joyig% mikrob tushishi- dan kelib chiqadi. S. Yiringli jarohat, karbunkulning asorati sifatida, tar- kibida streptokokklar bo’lgan yiring to’plangan joy atrofida paydo bo’lishi mumkin. Kasallik to’satdan titrash, bosh og’rig’i, aksari qayt qilish b-n boshlana- Di, harorat 39-40° gacha ko’tariladi, goho bemor alahlaydi. Terining zararlangan qismi qizaradi (eritema), qizargan joy sog’lom teri sathidan bir oz ko’tarilib turadi, chegarasi ko’zga yaqqol tashlanadi va juda tez kengayib, achishib og’riydi. Eritematoz S. ba’zan 3-7 kunda o’z- o’zidan (davolanmasa ham) tuzalib keta- Di, lekin cho’zilib, gavdaning bir joy- idan boshqa joyiga o’tishi ham mumkin (sayyor S). S.ning birmuncha og’ir xili — bullyoz S.da qizargan terida yiring- li yoki tiniq suyuqlik b-n to’la pufak- chalar hosil bo’ladi. Bundan ham og’ir flegmonoz xilida teri ostida flegmona vujudga keladi. Eng og’ir xili — gangre- noz S.da terining zararlangan joylari o’ladi. Lekin S.ning eng engil xili — eritematoz Sdan ham asoratlar qolishi mumkin, mas, qon zararlanishi (sepsis); yuz sohasidagi Sdan esa miya pardalari- ning yallig’lanishi (meningit) singari xavfli asoratlar qoladi. S.ga shubha tug’ilganda darhol vrachga murojaat qilish lozim. S.ningoldini olish terini toza tutish, mayda jarohatlarni antiseptik vositalar b-n artib tozalashdan iborat. S. juda kamdankam hollarda yuqadi. Lekin S.ga chalingan odamning terisiga tegmaslik kerak, tegilganda qo’lni yaxshilab yuvish, odekolon yoki spirt b-n artish, terining zararlanishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Hayvonlarda, asosan, cho’chqalarda, shuningdek, qo’y, quyon, parrandalarda uchraydi. Kasallik surunkali, o’tkir yoki yarim o’tkir kechadi. O’tkir kechgan- da kasal hayvon harorati 41— 42° ga ko’tariladi, yurak urishi, nafas olishi tezlashib, darmonsizlanadi, ishtahasi yo’qoladi, ko’zidan yosh oqadi, ichi ke- tadi, ba’zan qusadi. 1-2 kundan so’ng hayvon qyrnida, sonining ich tomonida kizil dog’lar paydo bo’ladi. Davolanma- sa, 3-5 kunda o’ladi. Yarim o’tkir kech- ganda hayvon 10-15 kun ichida sog’ayadi. Harorati ko’tarilmaydi. Terisining zararlangan joyi jonsizlanadi, yurak urishi zaiflashib, quloq, qorin terisi ko’karadi, bo’g’imlari shishadi. Astase- kin oza boshlaydi va o’ladi. Parrandalar S. b-n og’riganda don emaydi, ichi ketadi, nafas olishi qiyinlashadi, zaiflashadi, o’pka yallig’lanib, bo’g’imlari shishadi. Davolash: S.ga qarshi giperimmunli qon zardobi, antibiotiklar, yurak kasal- liklariga qarshi preparatlar va b. tav- siya etiladi. Kurash choralari: veterinariya- sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish, dezinfektsiyalash, kemiruvchi- larni yo’qotish, cho’chqalarni 2 oyligi- dan boshlab vaktsina b-n davriy emlash, xo’jaliklardagi S. b-n kasallangan hayvonlarni ajratib qo’yish va davolash; so’yilgan kasal hayvon go’shtini pishi- rib iste’mol qilish tavsiya etiladi.