SARATEPA
SARATEPA — ilk o’rta asr qasr xarobasi (7-a. oxiri — 9-a. o’rtasi). Samarqandningjan.g’arbiy chekkasi- da, Xoja Sa’d va Saratepa qishloklari yaqinida joylashgan. To’rtburchak tarhli (50×60 m), bal. 6 m gacha etgan. 1980y. larda qazish ishlari olib borilgan. S. paxsadan hamda yirik xom g’ishtdan (45-48 x 25-28 x 7-10 sm) ishlangan. Qasr yo’laklarining uz. 12, kengligi 2,3 m bo’lgan. Sharqiy tomondan qasr mudo- FAA devoriga tutashgan. 8-a. oxiri — 9-a. boshlarida S. janubida qishloq vujudga kelgan. 9-a. o’rtasida qasr tanazzulga uch- rab, 10-a.da kimsasiz, tashlandiq holga kelgan. Qishlokdagi hayot esa, 13-a.ga qadar davom etgan.