Saraton
Saraton (Arabcha) — 1) zodiak yulduz turkumlaridan biri; osmonning shimoliy yarim sharida, silovsin, Egizaklar, kichik it, Gidra, Asad va Arslon yulduz turkumlari orasida joylashgan, belgisi A9, eng Ravshan yulduzi 4-yulduz kattaligida. Saraton o’rta kengliklarda kuz, qish va erta bahorda ko’rinadi. Erning tropik mintaqalaridan biri Saraton nomi bilan atalgan; shu mintaqada yozgi quyosh turishi vaqtida Quyosh Zenitdan o’tadi. Quyosh Saraton yulduz turkumida iyul oyida bo’ladi; 2) Shamsiya yil hisobida to’rtinchi oyning nomi. 22 iyundan 21 iyulgacha bo’lgan davrga to’g’ri keladi.