Saratoniy
Saratoniy — ertapishar yozgi olma navi. Bog’dorchilik, uzumchilik, vino- chilik in-tining Samarqand filialida Landsberg reneti navini Samarqand er- tagisi navi b-n chatishtirib chikarilgan (V. V. Kuznesov, A. A. Leplinskaya). Da- raxti o’rta bo’yli, shoxshabbasi baquvvat, ko’chati o’tqazilgandan so’ng, 4-yili hosil beradi. Barglari yumaloqcho’ziq, to’q yashil, chetlari mayda qirrali. Gullari yirik. Mevasi o’rtacha kattalikda, vazni 100-150 g, ba’zan 200 g, yassi yumaloq. Po’sti yupqa, pishganda sariq rangga ki- radi, sirti pushti, taramtaram qizil. Eti oq, muloyim, sersuv, nordonshirin, xushta’m. Tarki j bida 11,5 qand, 0,7%; kislota mavjud. Mevasi iyun oyining o’rtalarida uziladi, 7 yoshida tupidan 50-60 kg hosil olinadi. Hosildorligi 34,5— 122,1 ts/ga. Sifatli qoqi tayyorla- nadi. O’zbekistonning ko’pgina viloyatla- rida ekiladi.