Saratonlar
Saratonlar, jizildoqlar, tsika- dalar (Cicadinea) — tengqanotlilar tur- kumiga mansub hasharotlar kenja turku- mi. 17 ming turi ma’lum. O’zbekistonning Farg’ona vodiysida 342 turi aniklangan (G. K. Dubovskiy, 1966). G’o’za, beda, meva- li daraxtlar, o’rmon daraxtlari va b.ga zarar keltiradigan o’nlab turlari bor. S. juda serharakat. Tanasi uz. 25-50 mm, boshi ko’krak qismiga harakatsiz bi- rikkan. Murakkab ko’zlaridan boshqa yana 2-3 ta oddiy ko’zi ham bor. Qanotlari birbiriga taxlanib yopiladi; oldingi juft qanotlari orqa qanotlarga nis- batan qalinroq. Mo’ylovli va panjasi uch bo’g’imli. Lichinkalik davri 5 yoshdan iborat, tuprokda yashab, o’simlik ildiz- lari b-n ovqatlanadi, ko’pchilik turlari bir yilda 1-2 avlod beradi. Rivoj- lanish tsikli 4 yil [g’o’za saratoni (S. ochreata Mel.)], ba’zilariniki 17 yil (kuylovchi saraton) davom etadi. Daraxt, buta, o’simliklarning barg shirasini so’rib zarar keltiradi. Ayrim turlari o’simlik poyasiga tuxum qo’yish (100-200 dona) davrida uning o’tkazuvchi Nayla- rini tilib shikastlaydi. Natijada o’simlikning ayrim qismlari nobud bo’ladi. S.ning ko’p turlari har xil VI- rusli kasalliklarni tarqatishi mumkin. 10 dan ortiq turi g’o’zaga zarar etkazadi. Ayniqsa, sariq jizildoq xavfli. Kurash choralari: zararkunanda li- chinkalari ulg’ayadigan makon (yantoqzor, qizilmiya chakalaklari)ni yo’q qilish, ekinlarga zaharli dustlar, insektisid- lar b-n ishlov berish.