Saraxbor
Saraxbor (fors.—Arab. — bosh xabarlar) — 1) Shashmaqomnmt har bir maqomda ashula bo’limi boshlanadigan birinchi, bosh sho»ba. S.lar maqom nomi b-n qo’shilib, S.i Buzruk, S.i rost kabi ataladi. O’z navbatida, har bir S.ning bir necha (6 tagacha) taronalari mav- jud. Asosiy S.lardan tashqari Dugoh maqomining 2guruh sho»balar tarkibiga S.i Oromijon deb nomlangan sho»ba ham kirgan. S.lar 2 chorak takt o’lchovidagi oddiy ravon (bakbum) doira usulida ijro etilsada, kuy tuzilishi juda mu- rakkab. Ular daromad, miyonxat, dunasr, Avek hamda ulardan keyin keladigan Fu- rovard kuy tuzilmalaridan tarkib top- gan. S.lar avjida esa bir nechtadan namud ishlatiladi (mas, S.i Buzrukda Uzzol va Muhayyari Chorgoh, Si Rostda Segoh, Uz- zol va Muhayyari Chorgoh namudlari va h.k.). Slar odatda, 15 va 14 hijoli mu- zore, mujtass, mutaqorib va ramal vazn- lardagi g’azallar b-n yakkaxon xonanda- lar va ashulachilar ansambli tomonidan (cholg’ular jo’rligida) aytiladi. S.lar maqomlarning bosh mavzui sifatida boshqa sho»balar ohang va tarkibiy tu- zilishiga sezilarli ta’sir ko’rsatgan; 2) tojik mumtoz musiqa merosida bir necha qismdan iborat bo’lgan, turlicha nomla- nuvchi kuy va ashulalar nomi (jumladan, «Saraxbori Ko’histoniy»).