SARBADORLAR QO’ZG’OLONI

SARBADORLAR QO’ZG’OLONI — Eron va O’rta Osiyoda mo’g’ullar zulmi- ga qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni (14-a.) Birinchi yirik qo’zg’olon 1337 y. Sabzavor hokimining jiyani boshtin qishlog’iga kelib, aholiga zulm qilishi natijasida ko’tarilgan. O’zlarini sar- badorlar deb Sabzavorni egallab Sarba- dorlar davlatini tuzadilar va Nishopur, Tusni ham zabt etadilar. 1353 y. oxirida mo’g’ul elxonini o’ldirib, o’rdasini yak- son qilib Gurgon (Astrobod)ni ham o’z davlatlariga qo’shib oldilar. Bu davrga kelib Sarbadorlar davlatiga butun Jan. Xuroson ham kirgan. 1365 y. Samarqandda mo’g’ul bosqinchilariga qarshi S.q. boshlana- Di. Qo’zg’olonga Mavlonozoda rahbarlik qildi. Abu Bakr Kuluiy (Kalaviy) Naddof, Xo’rdaq Buxoriy unga yordam- chi bo’ldilar. Shaharni mudofaa qilish maqsadida shaxdrning barcha darvozala- rini berkitib, ko’chalar, bog’lar atrofi- ga g’ovlar qurdirdilar. Mo’g’ullar ikki kun hujum qilib Samarqandni ololma- dilar. Uchinchi kuni Samarqand atrofi qishloqlarini talab, Movarounnahrni tark etdilar. Sarbadorlarning g’alabasi Amir Husaynni xavotirga soldi. Amir Husayn Balx, Badaxshon, Qunduz, Bag’lon, Andxud, Shibirg’on viloyatlaridan qo’shin to’plab Samarqand sari yurdi. Amir Husayn Konigil maydoniga etib kelgach, sarbadorlar tortiklar b-n uning huzuriga keldilar. Amir Husayn ular- ni ziyofat qilib, sovg’a-salomlar bergan. Ertasi kuni sarbadorlar vakillarini karbos mavzeida hibsga olgan va dorga osgan. Fakat shu kuni Konigilga etib kelgan Amir Temur Mavlonozodani dor tagidan saqlab qolgan. 1373 y. mahalliy mulqsorlarga qarshi Kermonda S.q. boshlangan. Mulk- dorlarning molmulkini musodara qilishgan, amaldorlarni hibsga olish- gan. 1374 y. shoh Shujo Muzaffar tomo- nidan qo’zg’olon bostirilgan. Ad.: Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T., 1996; Davlatshoh Samarqandiy, Sho- irlar bo’stoni, T., 1981. Naim Norqulov.