Sardoba
Sardoba (fors. toj. sard — sovuq va ob — suv) — suv tanqis hududlarda uni to’plash va saklash uchun maxsus qurilgan gumbazli hovuz. O’rta Osiyo va Sharqdagi boshqa mamlakatlarda qurilgan. S.ning devori tsilindr shaklida, diam. 12-13 m, chuq, 10-15 m, hovuz yuzasi er sathi b-n bir tekis bo’lgan. S. gumbazi sifatli pishiq g’isht va ganchdan ishlangan, tepasi tuynukli, atroflarida hovuzga suv tusha- digan teshiklar qilingan. Kirish uchun S.ga eshik ham o’rnatilgan, uning oldi suvni toza saqlash maqsadida devor b-n o’ralgan. S. yoniga mollarni sug’oradigan oxur kilinib, unga hovuzdan maxsus tar- Nov orqali suv oqizilgan. Ba’zi S.larda ularni nazorat va tozalab turuvchi miro- blar uchun xonalar ham bo’lgan. S.lar geografik joylashuvi, joy- ning tabiati, relefiga ko’ra, bir necha xil [qoryomg’ir suvlari, anhorariq suv- lari, er osti suvlari (ko/shzlardan) yig’iladigan S.lar] bo’lgan. Tarixiy ma’- lumotlarga qaraganda Movarounnahrda 44 ta S. bo’lgan. Ulardan 29 tasi qarshi cho’lida, 3 tasi Mirzacho’lda, 3 tasi tosh- kent b-n Farg’ona o’rtasidagi qadimgi savdo yo’lida, 1 tasi Karmana yaqinida — Cho’li Malikda qurilgan (q. Raboti Malik). 19-a. oxirigacha ishlatilgan S.lardan biri hoz. Turkmanistondagi Sandikli cho’lida 17-a. o’rtalarida ker- ki va qarshi sh.larini bog’lovchi karvon yo’lida qurilgan, hovuzining diam. 17 m bo’lgan Sangi suvloq S.sidir. S.lar kadimda dasht va cho’llarda chorvani va savdo karvonlarini suv b-n ta’minlash- da muhim o’rinda turgan. Hoz. Saqlanib qolgan S.lar tarixiyetnografik ahamiyatga ega. Ad.: Qudratov., Sardobalar o’lkasi, T., 2001. Maishrif Boqiev.