SARICHA NEFT-GAZ KONI

SARICHA NEFT-GAZ KONI — Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi kon, G’uzor sh.dan 50 km shim.da. 1969 y.da ochilgan, 1987 y.da foydalanishga topshi- rilgan. S.n.k. Toshli burmalari guruhiga mansub bo’lib, 12gorizont shipi bo’yicha 3 qubbali antiklinaldan iborat, tek- tonik yoriq ta’sirida murakkablashgan. Burmalar qanoti qiyaligi 4-8°. Shim. qanot bo’ylab amplitudasi 100— 170 m li ko’tarilmauzilma o’tadi. 12gorizont bo’yicha burma o’lchami 8,4×3,5 km, bal. 110 m. S.n.k.da jami 10 ta quduq qazilgan bo’lib, asosan, mezozoy, kaynozoy yotqiziklari ochilgan. Neokom va apt yaruslari yotqiziqlarida mahsuldor 13 va 12gorizontlar ajratilgan. 12gorizontning umumiy qalinligi 38-43 m, foydali qatlam 3-10 m. Jinslarning govakliligi 15,7%. Uyum o’lchami 7,2×2,2 km, bal. 90 m. Dastlabki gaz debiti va qatlam bosimi 12 ming m3/ sutka va 10,74 MPa. Gaz zichligi (havoga nisbatan) 0,582 g/sm3, karbonat angidrid gazi 1,0%, metan 97,5%, azot 1,5%. 13gorizontning umumiy qalinligi 195 m, g’ovakliligi 14,6%, ochiq g’ovakliligi 0,17, gazga to’yinganligi 0,58. Gaz uyumining o’lchami 1,2×1 km, bal. 36 m. Gazning dastlabki debiti 53 dan 181,4 ming m3/sutkagacha o’zgargan. Dast- labki qatlam bosimi 10,9 joriy 10,4 MPa. Gazning zichligi (havoga nisbatan) 0,578 g/sm3. Tarkibida karbonat angi- drid gazi 0,5%, metan 95,4%, azot 2,8%. Kondan hoz. vaqtda foydalanilmoqda.