Sarimsoqova Lutfixonim

Sarimsoqova Lutfixonim (1896.8.5, Farg’ona viloyati Rishton tumani — 1991.14.1, Toshkent) — AK- Trisa, xonanda. O’zbekiston xalq arti- sti (1937). Ijodiy faoliyatini 1924 y. Qo’qon xotin-qizlar havaskorlik to’garagida boshlagan. Qo’qon (1926-28), Andijon (1928-31), Marg’ilon (1931 — 34) teatrlarida, O’zbek davlat musi- ka teatrida (1934-39), Muqimiy tea- trida (1940-73) ishlagan. O’zbekiston davlat filarmoniyasi qoshidagi dutor- chi xotin-qizlar ansamblining tashki- lotchisi va badiiy rahbari (1939-40).mukammallik, o’tkir hajv va zakovat, samimiyat va qudrat, mazmundorlik va ta’sirchanlik kabi xislatlar S. ijodiy uslubining asosini tashkil kidali. S. ham lirik, ham fojiaviy, ham hajviy aktrisa bo’lib, xalq qo’shiklarining mohir ijrochisi, hozirjavob askiyachi, usta raqqosa va yaxshigina Dutorchi si- fatida ham tanilgan. Ko’qon teatrida sahnalashtirilgan «Arshinmololon» (U.Hojibekov) musiqali komediyasida dastlab Zebo, keyinroq Jahon xola, gul- chexra, «Layli va Majnun», «Farhod va Shirin» (Xurshid) spektakllarida Lay- li va Shirin obrazlarini yaratgan. Tug’ma iste’dod, shijoat, o’z kasbiga muhabbat, harakatchanlik natijasida Adelma (K. Gossi, «Malikai Turandot»), Smeral- Dina (K.Goldoni, «ikki boyga bir ma- lay»), Tursun (V.Yan, Cho’lpon, «Hujum») kabi obrazlarni mahorat b-n yaratdi. Aktrisa ijodida, asosan, 2 yo’nalish etakchilik qildi: biri liroepik tarz- dagi mushtipar onalar obrazi bo’lsa, ikkinchisi salbiy va satirik rollar- dir. Ikkala yo’nalishda ham S. chinakam mahorat cho’qqilarini egalladi. Oysara (K.Yashin, «Gulsara»), Ona (G’. Zafariy, «Halima»), Yosuman (Xurshid, «Farhod va Shirin») rollari bunga misoddir. S, ayniksa Yosuman obrazini xalq san’- ati vositalari yordamida yuksak badiiy umumlashma darajasiga ko’tardi. Uni yovuzlik, razillik, makrhiyla timsoli sifatida gavdalantirdi. «Maysaraning ishi» (Hamza) komediyasidagi Maysara obrazida o’z imkoniyatlarini ayol erki va qadrqimmatini himoya qilishga qaratgan bo’lsa, «paranji sirlari»dagi mastu- ra satang obrazida, aksincha, aklidroki va kuchqudratini ayollarning huquq va tuyg’ularini poymol qilishga sarflay- Di. Xalcha xoda («Kurbon Umarov»), Xay- ri xola («Oftobxon»), Jamol opa («ol- tin ko’l»), Risolat chevar («Muqimiy»), Xadicha xola («Farg’ona tong otguncha») kabi mushtipar, munis onalarning rang- barang obrazlari b-n o’zbek teatri va aktyorlik san’ati rivojiga katta hissa qo’shgan. Ayniqsa, S. ijrosidagi kimyo («Nurxon») obrazi o’z jigarbandining erkin nafas olishi uchun har qanday qiyinchiliklarga bardoshli, oq ko’ngil onalar obrazining mumtoz namunasi bo’lib, ijrosi soddaligi, go’zalligi b-n ajralib turadi. S. o’zbek kino san’ati taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan. Uning kino rolla- ri sahna faoliyatining davomi bo’lib, bu erda ham mehribon, munis, jafo- kash o’zbek onalari obrazini yaratgan. Ona («Qasam»), Sharofat («Opasingil Rahmonovalar») va b. obrazlarda AK- Trisa o’ziga xos qiyofa kasb etdi. S. eng kichik rolni ham nihoyatda mohirlik b-n ijro etib, unga ulkan mavzu va hayotiy haqiqatni mujassamlashtirgan, mustaqil va yirik obraz yarata olish mumkinligini telba ayol («farzandlar») roli b-n isbotladi. Aktrisaning kino san’atidagi haqiqiy iste’dodi va Max- rrati Mexriniso («maqallada duvduv ran»), Fotima opa («Sen etim emassan») obrazlarida to’la namoyon bo’ldi. Mexri- Niso obrazi orqali oddiy onalarning fe’latvori va ruhiyatini tabiiy bo’yoklar b-n ifodalagan bo’lsa, Fotima opa ob- razida 14 etim bolani o’z bag’riga olib tarbiyalagan o’zbek ayolining oq ko’ngil, kuyunchakligi, sahovati, odamiyligi va buyuk irodasini yuksak mahorat b-n etkaza oldi. S. xonanda sifatida «ku- Ling», «O’zgancha», «yoryor», «Hakkalakam o’ynasam man», «Jambilxon», «Yorgi- nam», «omon bo’laylik», «Qilpillama» kabi o’zbek xotin-qizlarining xalq ashu- la, qo’shiq va laparlarini mahorat b-n ijro etgan. S. hayoti va ijodiga bag’ishlangan «Aya» (1976), «Lutfixon aya» hujjatli filmlari ishlangan. Vafotidan so’ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni b-n mu- kofotlangan (2001). Mohina Ashirova.