SARIQ-YASHIL SUVO’TLAR

SARIQ-YASHIL SUVO’TLAR (Xanthophyta) — tuban o’simliklar guruhi. Morfologik va ekologik jihatdan xilmaxil: bir hujayrali, ko’p hujayrali, yopishib o’suvchi, erkin suzib yuruvchi, amyobasimon, kokksimon, ipsimon, plastinkasimon va b. Rangi och yashil, to’q yashil, ba’zan yashil, moviy. Rangining turli xilligi hujayrasidagi pigmentlar (xlorofill a va RH ot va r ka- rotinlar, ksantofillar) kombinasiyasi- ga bog’liq. Vegetativ ko’payishi bo’linish, jinssiz ko’payishi zoova aplanosporalar hosil qilish b-n boradi. Ayrim turlari jinsiy izogamiya orqali ko’payadi. Bir necha yuz turi bor. Asosan, chuchuk suvlar- da, ba’zan dengizlarda plankton yashaydi; ayrim turlari nam tuproqlarda uchraydi.