Sariqamish ko’li
Sariqamish ko’li – Sarikamish soyligidagi ko’l. Uzunligi 100-120 kilometr, eni 30-40 kilometr, chuqurligi 30-40 kilometr. Shimoldan Janubi sharqqa cho’zilgan. G’arbiy qirg’og’i tik. Ko’lning suv sathi Xorazm vohasini kesib o’tadigan Ozyorniy (ko’llar birlashmasi) kollektoridan kelib quyiladigan suv miqdoriga qarab o’zgarib turadi. Ko’l suvining sho’rligi sharqida 6-7″/00, g’arbida 12°/00. Maydoni Sharqiy qirg’oq hisobiga kengayib, chuqurligi ortib bormoqda. Ko’lda sazan, laqqa baliq, ilonbosh va boshqa turli xil baliq ko’p.