SARIQAMISH SOYLIGI

SARIQAMISH SOYLIGI, Sariqamish botig’i — O’rta Osiyodagi cho’l iqlimli berk botiq. Ustyurt platosi va Qoraqum cho’li orasida (Turkmanistonda, shim.g’arbiy qismi Qoraqalpog’iston Re- spublikasida). Uz. 125 km, eni 90 km. Eng chuqur joyi dengiz sathidan 38 m past. Markaziy qismida taxirsho’r Sariqamish ko’li joylashgan. S.s. oval shaklda bo’lib, qad. ko’l cho’kindilaridan tarkib topgan va usti sho’rxok hamda shamolda to’zuvchi qum b-n qoplangan. Ba’zan, Amudaryo suvi quyilgan davrlarda S.s. ko’lga ay- langan. Amudaryo qayta Orol dengiziga quyilganda S.s. yana qurigan. Neogen oxirida, yuqori to’rtlamchi davrda (sathi 58 m), 14— 16-a.larda (sathi 50-62 m) ko’l bo’lgan. Oxirgi marta Amudaryo 1878 y. yozida soylikka etib kelgan. 1971 y. Daryoliq orqali soylikka suv kelgan va mayd. 1000 km2 dan ortiq, suv hajmi 12 km3, chuq. 30 m keladigan ko’l hosil bo’lgan.