Sarmatlar

Sarmatlar — qad. ko’chmanchi chor- vador qabilalar birlashmasi. S. mil. AV. 1ming yillikning 2-yarmi — mil. 1ming yillikning boshlarida Markaziy Osiyoning shim.dan to Dunaygacha bo’lgan keng dasht hududlarini egallagan. S. ilk marta Gerodot tomonidan eslatilgan sav- romatlar b-n bog’liq bo’lib, ular avval Jan. Uraloldi va shim. Kaspiy bo’yida yashashgan. S. tarkibiga ko’plab qabilalar (Aorslar, alanlar, savromatlar, rokso- lanlar, yaziglar va b.) kirgan. Diodor- ning ma’lumotlariga ko’ra, mil. AV. 2-a.da S. Skifiyata bostirib kirib shim. Qora dengiz bo’yida o’z hukmronliklarini o’rnatgan. Qad. davr geograflari Evropa- ni Sarmatiya va Germaniyaga bo’lib, Vis- la va Karpat bo’ylab ularning chegarala- rini belgilaydilar. Shim. Qora dengiz bo’yidagi Bospor podsholigi ham S zar- balaridan qulaydi. Zakavkazedagi dav- latlar va Rim b-n urushlar olib borgan. Mil. 4-a.da gunnlar tomonidan tormor keltirilgan. S. keyinchalik slavyanlar, Shim. Kavkaz xalqlari va aksariyati tur- kiy tillarda so’zlashuvchi qabilalar b-n aralashib ketgan. So’nggi yillarda quyi Volgabo’yi, don va Kubandan S.ga oid ko’plab mozorqo’rg’onlar ochilib, ulardan noyob san’at buyumlari topilgan. Mas, «Novocherkassk xazinasi» deb nomlangan mozorqo’rg’onda sarmat malikasi dafn etilgan bo’lib, undagi oltin buyumlar skif mozorqo’rg’onlaridan chiqqan noyob durdonalardan qolishmaydi. Ad.: Rtveladze E., Velikiy shyolkoviy put, T., 1999.