Saroy
Saroy — 1) dastlab hukmdorlar (xon, podshoh, amirlar va b.) qarorgohi bo’lib xizmat qilgan hashamatli ulkan bino, qasr. Keyinchalik turli serhasham hovlili binolar ham S. nomini ol- gan. Qad. Misrda ilk podsholik davri (mil. AV. 3ming yillik)dayoq Fir’av- nlar o’z xonadonlari uchun saroysimon binolar, serhasham ibodatxona S.lari qurilishiga ahamiyat berganlar. Mesopo- Tamiya va Bobildagi S.lar qat’iy loyiha asosida mahobatli qilib qurilgan, ko- shinlar b-n bezatilib, osma bog’lari bo’lgan. Arab mamlakatlari, Eronda, Xi- toy (q. Imperator saroyi), Yaponiyada ham S.larning dabdabali bo’lishiga ahamiyat berilgan. Evropada o’rta asr shaharrespublikalari rivojlanishi b-n ma’muriy boshqarish organlari hamda mansabdorlar S.lari paydo bo’ldi. Ita- liyada Sienadagi publiko palassosi, (1297-1310); Venesiyada Dojlar saroyi, Ispaniyada Alhumro saroyi shular jum- lasidandir. Din arboblari ham o’zlari uchun S.lar qurdirdilar (Orvietoda Papa saroyi. 13-a., Rossiyada Patriarx va arxiereylar S.lari). 15-16-a.lardagi mahobatli S.lar keng ichki hovlilari, kutubxonalari, devoriy bezaklari va noyob narsalar saqlanadigan zallari b-n shaharning butun bir qismini egalla- gan. Bu turdagi S.lar qirol, imperator S.larining shakllanishiga kuchli ta’- sir kursatgan (Madrid yaqinidagi Esko- rial, 16-a.; Parijdagi Luvr, 16-18-a. lar. Bu davr S.lari mujassamotining xarakterli xususiyati anfiladalarida, tarzi kolonnadalar b-n bezatilishida, bino b-n muhitni bog’lovchi rizalitlar- da ko’rinadi. O’rta Osiyo S. me’morligi uziga xos uslubda bunyod etilganligi b-n ajra- lib turadi. Tuproq qal’asati S.ning 300 ga yaqin xonalari, keng tantanavor zallari, qabulxonalari, xazinaxona- lari bulgan. Bapaxuia, Afrosiyob, Xol- chayon S. bezaklarida tasviriy san’at asarlarihaykalchalar o’yma naqshlar va rangbarang devoriy rasmlar ishlangan. Amir Temur hukmronligi davrida (14- a.) qurilgan Shahrisabzdagi OK saroy, Samarqanddagi Bo’stonsaroy, Ko’ksaroy hamda Amir Temur bog’lariayagi ko’plab S.larning me’moriy tuzilishi, ulardagi serhasham bezaklar o’ziga xos nafisligi b-n ajralib turgan. Buxoro arki, Ko’xna Ark Qo’qon o’rdasi va b.xon S.larining me’moriy shaklida Samarqand, Farg’ona me’moriy maktablari uslublari o’z ifo- dasini topgan. Ularda xalq ustalari- ning qurish an’analari, naqshinkorlik bezaklari milliy uslublar namoyon bo’lgan. Sipgorai Mohi Xosa, Nurilla- boy saroyi, Romanov saroyida Evropa va milliy me’morlik o’zaro uyg’unlashgan. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida ko’hna S. binolaridan muzey, kutubxona, dam olish uylari sifatida foydalanilgan; 2) o’rta asrlarda Sharqda karvonlar to’xtab o’tadigan rabot (q. Karvonsaroy); 3) zamo- naviy me’morlikda muayyan maqsadda bu- nyod bo’lgan muhim inshootlar (Madaniyat saroylari va uylari, kinokontsert, nikoh uylari, sport slari va b.). O’zbekistonda San’at saroyi, xalqlar do’stligi saroyi shunday inshootlardandir.