Saroy
Saroy — o’zbeklar tarkibiga kir- gan yirik qabilalar uyushmasi. S.lar etnik birlashma sifatida 14-15-a.lar davomida Dashti Qipchokda shakllangan bo’lib, 16-a.da boshqa o’zbek qabilalari b-n hoz. O’zbekiston xududiga kelib joy- lashgan. S.larning kichik bir guruhi qozoqlarning arg’in qabilasi tarkibida ham mavjud bo’lgan. 1924-26 y.larda o’tkazilgan aholi ro’yxatida O’zbekiston hududida yashovchi S.larning soni 50 mingdan ortiq bo’lib, ulardan 18 ming kishi Buxoro vohasida (Xarqonrud, vob- kentdaryo, Shahrud, Sultonravot, poy- kend, Pirmait ariqlari bo’ylab), 20 ming kishi Karmana vohasida, Narpay va b. ariqlar bo’yida yashaganlar. S.larning katta bir qismi (15,5 ming kishi) Qashqadaryo vodiysida (Shahrisabz va Qarshi vohalarida, Samar tog’ining Jan. yon bag’irlarida, Qashqadaryoning yuqori oqimida) yashashgan. S.larning ayrim gu- ruxlari Jom cho’lida (6 ming), Ko’hitang tog’yon bag’irlarida (1 ming), Miyonkolda (3 ming), Samarqandning Jan.g’arbida (1,5 ming), Nurota togining Jan. yon bag’irlarida (3 ming) Jizzax atrofi- da (1,7 ming) yashagan. S.larning kichik guruxlari Farg’ona vodiysida hamda Afg’onistonda, Mozori Sharif va Balx atrofida istiqomat qilganlar. S.larning tarkibida bir qancha ki- chik va katta qabilalar mavjud bo’lgan. Mac, azsaroy, qipchoqsaroy, qirg’izsaroy, Naymansaroy va b. Bularning har biri, o’z navbatida, yana bir qancha urug’larga bo’lingan. Yuqorida keltirilgan bo’lim (qabila) nomlaridan ma’lumki, S.lar tarkibiga S. bo’lmagan juda ko’p boshqa etnik guruhlar (az, majar, qipchoq, qirg’iz, Qo’ng’irot, va b.) kirgan. S.lar 20-a.ning boshlarida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy o’zgarishlar sababli birbiri b-n aralashib o’zbek xalqi tarkibiga sin- gib ketgan.