Sarrof

Sarrof (Arab. — pul almashtiruv- chi, yirik pullarni mayda qiluvchi) — shaxdr ko’chalari va rastalarida o’tirib, kishilarning yirik pullarini may- dalab, qimmatbaho buyumlarini pulga almashlab berib foyda ko’ruvchi shaxs. S.lar xorijdan kelgan savdogarlarning pullarini mahalliy pullarga almash- tirib berish, qimmatbaho toshlar, ol- tin, kumush va b.ni anikdash, ularning bahosini belgilash, ayrim kishilarning omonat pullarini, buyumlarini ma’lum muddatgacha sakdab berish kabi ishlar b-n shug’ullanib, bank, omonat kassala- ri, garovxonalar vazifalarini baja- rishgan. S.lar sudxo’rlik ishi b-n ham shug’ullangan. S.lar xizmatlari evaziga kishilardan ma’lum mikdorda haq ol- gan. Ilgari har bir shaharda S.lar fao- liyat yuritgan. Mae: Buxoroda S.larning alohida mahallasi va asosiy ish joyi — Toki Sarrofon mavjud edi. Hoz. davr- da Sharq mamlakatlarida S. bank egasi hisoblanadi.