Sassaparil, sassaparel, sarsaparel

Sassaparil, sassaparel, sarsaparel (Smilax) — piyozdoshlar oi- lasiga mansub tikanli doim yashil li- analar turkumi. Asosan, O’rta dengiz atroflarida, shuningdek, Osiyo va shim. Amerikaning tropik va subtropik va mo»tadil hududlarida o’sadigan 200 dan ortiq turi ma’lum. Kavkazda S.ning (S. excelsa), Primore o’lkasida (S. oldhamii — Oldgem S.) turlari o’sadi. Meksika- da o’stiriladigan tibbiyot Si (S. medica), Xitoy Si (S. china) va shifobaxsh (S. S. utilts) qadimdan tibbiyotda ishlatila- Di. Gullari bir jinsli, mayda. Mevasi kizil, 1-3 urug’li rezavor. Gajagi b-n o’ralib o’sadi. Mayiyunda gullab, mevasi okt.noyab. oylarida pishadi. Urug’i va il- dizidan ko’payadi.