Sassiqqo’ng’izlar

Sassiqqo’ng’izlar (Carabidae) yirtqich qo’ng’izlar kenja turku miga mansub qo’ng’izlar oilasi. 20 mingdan ortiqturi ma’lum. Uzunchoq tanasi- ning uz. 2-3 mm dan 50-80 mm gacha. Rangi, odatda, kora, metallsimon tov- lanadi. Mo’ylovi qilsimon yoki ipsi- mon; oyoklari yuguruvchi, panjalari 5 bo’g’imli. Ko’pchilik turlari er usti- da yoki tuproqning yuza qatlamlarida yashaydi. Tunda faol. Lichinkalari tuproqsa yashaydi. S. ko’pgina q.x. zarar- kunandalari (hasharotlar, mollyuska- lar, shilliqlar, chuvalchanglar, tunlam qurtlari va b.) b-n oziqlanib, ular so- nini tartibga solishda samarali natija beradi. Saprofog (o’simlik qoldiqlari b-n oziqlanuvchi) S. tuproq hosil bo’lish jarayonida faol ishtirok etadi. Ba’- zi S o’simlikxo’r (fitofag) bo’lib, q.x. o’simliklariga zarar etkazadi. O’rta Osiyoda 40 dan ortiq turi uchraydi, jum- ladan, eng ko’p tarqalganlari: Bembidon guadripustulatum, V. almum, Tachys angustulus, Tachyura tetraspila, Colosoma daserticola, C. auropunctatum drungaricum, Broscus punctatus, Pterostichus cupreus va b. Biologik qarshi kurash tizi- mida tangaqanotlilarga Colosma va Pterostichus; ko’k qurt (kuzgi tunlam) va b. tunlamlarga Broscuspunctatus va V. semistriatus urug’ining vakillaridan, toq ipak qurtga qarshi Colosoma vusorpapga- dan foydalaniladi.