Sato

Sato (setor so’zining buzilgan shak- li) — tanburnnnt kamon b-n chalina- digan turi. O’zbek, tojik, uyg’ur, Eron, afg’on xalqlarida tarqalgan. Kosasi tanburga nisbatan kattaroq va yupqaroq, qopqog’i kengroq bo’ladi. Tut yog’ochidan o’yib yasaladi. Umumiy uz. 110— 120 sm. Ayrim sozandalar tanburni ham S. sifa- tida kamon b-n yoki, aksincha, S.ni tanbur sifatida noxun b-n chalishadi. S.da 3-4 asosiy tor bo’lib, o’rtadagisi ikki yoni- dagilarga nisbatan kvarta, kivinta, ba’- zida sekunda oralig’ida sozlanadi. Ular- dan tashqari, yon quloqlarga tortiladi- gan aks sado beruvchi 11 tagacha torlar ham bo’ladi. S.da, odatda, kuychan, ohangdor asarlar turli nolish va qochirimlar b-n boyitilib chalinadi. U hozir turli o’zbek cholg’u ansambllarida hamda yakka — xon cholg’u sifatida keng qo’llaniladi.