Saudiya Arabistoni

Saudiya Arabistoni, Saudiya Arabistoni Podshohligi (Almamlaka alarabiya assaudiya) — Osiyoning Jan. g’arbida joylashgan davlat. Arabiston ya.o.ning taxm. 2/3 qismini va qizil dengiz hamda Fors qo’ltig’idagi qator qirg’oqbo’yi orollarni egallaydi. Mayd. 2,25 million km2. Aholisi 23,5 mln. kishi (2002). Bulardan 5,3 mln. Kishi mamlakat fukarosi hisoblanmaydi. Poy- taxti — Arriyod sh. Ma’muriy jihatdan 14 viloyatga bo’linadi. Davlat tuzumi. S.A. — mutlaq teokra- tik monarxiya. Davlat boshlig’i — podshoh, ayni vaktda bosh vazir va qurolli kuchlar oliy bosh qo’mondoni hamdir. U hukumat (Vazirlar Mahkamasi)ni tuzadi. 1992 y. 1 martda podshoh farmoni b-n 4 y.lik muddatga Sho’ro (maslahat) Kengashi tashkil etilgan. 1997 y.da Sho’ro kenga- shi a’zolarining soni 60 kishidan 90 ki- shiga etkazildi. Podshoh Sho’ro Kengashi- ni tarqatib yuborishi va kayta tuzishi mumkin. Podshoh vazirlarni tayinlash, hukumatni tarkatib yuborish va yangidan tuzish vakolatiga ega. Hukumat, asosan, podshoh oila a’zolaridan tuziladi. Siyosiy partiya va kasaba uyushmalari faoliyati rasman man etilgan. Tabiati. S.A. Jan.g’arbda Kizil dengiz, shim.Sharqda Hind okeanining Fors qo’ltig’i b-n o’ralgan. Qirg’oklari ko’p joyda past, qumloq, ba’zan qing’irqiyshiq. S.A. ko’p qismini (1 mil- Lion km2 ga yaqinini) cho’l tashkil qiladi. Platosimon tekisliklar keng tarqalgan (g’arbga tomon 1000-1300 m ga, sharqqa tomon 200-300 m gacha pasayib boradi). Er yuzasi quruq Daryo vodiylari b-n sezi- larsezilmas bo’linib turadi. Mamlakat- ning kattagina qismini lavali maydon- lar, Toshloq cho’llar (homadalar) tashkil qiladi. Qumli cho’llarning eng yirikla- ri — Nefud, Dahna. Rub’ulxolishshx shim. qismi barxanlar (200 m balandli- klikkacha), tizmali do’ng qumliklardan iborat. Zinasimon qir ko’p. G’arbda Qizil dengizga parallel holda bal. 2500-3000 m bo’lgan Hijoz va asir tog’lari cho’zilib ketgan. Fors qo’ltig’ining sohili bo’ylab ayrim joylari botqokdik yoki sho’rxok qatlam b-n qoplangan Alxasa’pastte- kisligi joylashgan (kengligi 150 km gacha). G’arbda Afrika — Arabiston plat- formasi fundamentining turtib chiqqan eri — NubiyaArabiston qalqoni joy- lashgan bo’lib, u arxey — quyi protero- zoy davrlariga mansub gneys va migma- titlar, shuningdek, yuqori proterozoyga oid geosinklinal cho’kindi kompleksla- ridan (qalinligi 10 km dan ortiq) ibo- rat. Yuqori va quyi proterozoy davriga oid intruziyalar keng rivojlangan: shim. Sharqiy yo’nalishda qalqon jinslari platforma qoplamasining qatlamlari ostiga cho’kkan, bu jinslar vend va Pale- ozoydan boshlanib, mezozoy va paleogen- ni o’z ichiga oladi. Fors qo’ltig’ining yon bag’ri bo’ylab Mesopotamiya chekka egil- masining neogen davriga mansub qalin molasslari rivojlangan bo’lib, uning Jan. chekkasida yirik neft konlari joylashgan. Rub’ulxoli sineklizasi ikkinchi neft mintaqasi hisoblanadi. Qalqonning tokembriy davri jinsla- ri orasida temir, xrom, mis, qo’rg’oshin, pyx, oltin rudalari, Nodir er elementla- ri, berilliy va qalay konlari bor. Iklimi shim.da subtropik, Jan.da tropik, quruq, keskin kontinental. Yozi juda issiq, qishi iliq. ArRiyodda iyul- ning o’rtacha t-rasi 33°, yanv.da 14°, eng yuqori tra 48°, mamlakatning Jan.da 54° va undan yuqori bo’lishi mumkin. Sohilda bu vaqtda namlik deyarli 100% ga etadi. Shim.da ba’zan tra — 11° gacha pasayadi. Yog’in miqdori deyarli hamma joyda 100 mm dan kam (yog’in Markaziy hududlarda bahorda, shim. hududlarda qishda, Jan.da ezda nisbatan ko’proq bo’ladi), tog’larda yiliga 400 mm ga etadi. Rub’ulxoli qumli cho’l va b. ayrim hududlarda o’n yillab yog’ingarchilik bo’lmaydi. Asir VI- loyatidagi tog’larda yog’in yiliga 25,5 mm ni tashkil etadi. Jan.ning issiq samum shamoli bahor va yozning boshlarida qum bo’ronlariga sabab bo’ladi. Muntazam oqib turadigan daryolar yo’q. Suv uch xil yo’l b-n: quduqlar, yomg’ir yoki suv toshqini vaqtida hovuzlarga yig’ish va maxsus moslamalar yordamida dengiz suvini chuchuklashtirish orkali olinadi. S.A.da dunyoda eng ko’p chuchuk suv (dunyoda olinayotgan chuchuk suvning 30%) ishlab chiqariladi. Yomg’ir va toshqin suv- laridan to’liq foydalanish maqsadida 186 ta damba va umumiy hajmi 775 mln.3 bo’lgan hovuzlar kurilgan. Sizot suv- lar extiyojning 1/3 qismini qondiradi. Tuprog’i oddiy cho’l tuprog’idan ibo- rat, hududining katta qismida tuproq qatlami o’rnini tuz qoplami egallaydi. Shim.da dag’al subtropik bo’z tuproq, Jan. da sho’r tuproq va o’tloqsho’rxok tuproqlar mavjud. O’simligi, asosan, cho’l va chala cho’l o’simliklaridan iborat. Ayrim joylar- da oq saksovul, yantoq, Toshloq cho’llarda lishayniklar, lavali maydonlarda shuvoq, astragal, vodiy o’zanlarida yakka- terak, akasiyalar, sho’r erlarda yulg’un, suv bo’ylarida va sho’rroq joylarda galofit- lar o’sadi. Ko’chib yuruvchi qumli cho’llarda deyarli o’simlik o’smaydi. Namgarchilik ko’p bo’lgan yillari va bahor paytida ko’proq efemer o’simliklar o’sadi. Jan. dagi tog’larda savanna ko’p. O’rmon va yaylovlar xukumat tomonidan muhofaza qilinadi. O’rmonlar S.A. ning Jan. g’arbiy qismida joylashgan va 2,29 mln. gektar maydonni egallaydi. Ko’chuvchi qumlardan saklash uchun tabiiy himoya chizig’ini shakllantirish maqsadida da- raxtlar ekiladi. Har yili ko’chat ekish xaftaligi o’tkaziladi. Hayvonlardan bo’ri, chiyabo’ri, sirtlon, tulki, qulon, kiyik, g’izol, daman, quyon, Arab yo’lbarsi, tuyaqushlar uchraydi. Ko’pgina kemiruvchi- lar, sudraluvchilar va qushlar yashaydi. S.A. chigirtkalar makoni hisoblanadi. Qizil dengizda turli xil baliq, toshbaqa va b. dengiz hayvonlari uchraydi. Dengiz va quruklikda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va rivojlantirish maqsadida ta- biatni muhofaza qilish hamda rivoj- lantirish milliy qo’mitasi tomonidan umumiy mayd. 90 ming km2 bo’lgan 15 qo’riqxona va asir milliy bog’i tashkil etilgan. Aholisining 90% ini arablar tash- kil qiladi. Hindlar, misrliklar va po- kistonliklar, bir necha yuz ming eronlik,  fillipinlik, bangladeshlik, yamanlik, indonez, sudanlik, suriyalik, Iordani- yalik va b. ham yashaydi. S.A. da 200— 800 ming o’zbek istiqomat qiladi, deb hisoblanadi. Yirik qabila birlashma- lari — Unayza va Shammar; qabilalar — harb, mutayr, Huzayl, kaxtan, Juhayna, muahib, shararat, manasir, Banu Asad, tanuh, Quraysh, Banu Shaybon. Rasmiy til — Arab tili; ingliz tili ham keng tarqalgan. Davlat dini — Islom. Islom dinining muqaddas ziyoratgoh shaharlari — Makka va Madina S.A. dadir. Har yili bu shaxdrlarda 2 mln. dan ortiq musulmon Xaj va Umra safarida bo’ladi. Shahar aholisi 80,2%. Yirik shaharlari — Arriyod, Jidda, Makka, Madina. Tarixi. S.A. hududida qadimdan (mil. AV. 2ming yillik) ko’chmanchi Arab qabilalari yashab kelgan. Mil. 7-a. da Arabiston ya.o.ning g’arbiy qismi (Hijoz)da Islom paydo bo’lib, poytaxti Madina sh. bo’lgan ilk musulmon teokra- tik davlati — Arab xalifaligi yuzaga keldi. 7-8-a.larda S.A. hududining ko’p kismi Umaviylar, 8-a. 2-yarmi — 9-a.lar- da Abbosiylar xalifaligiga qaragan. 10-12-a.larda Arabiston ya.o.ning bir qismida mustaqil amirlik, sultonli- klar paydo bo’lgan. Xijoz Fotimiylar, so’ngra Ayyubiylar, 13-a.ning o’rtalari — 16-a. ning boshlarida mamluklarta qaram bo’lgan. Hijozning iqtisodiy va diniy-siyosiy jihatdan mavqei yuqoriligi tufayli xalifalar bu erda o’z hukmronliklarini saklab qolishga urinishgan. 16-a. boshlarida Hijozni Usmonli turklar o’z tasarrufiga olgan. 18-a.ga kelib Najdda vahhobiylik Di- niy-siyosiy oqimi paydo bo’ldi. Najd o’zining nisbatan mustaqilligi b-n AJ- ralib turgan. Najd Amirliklaridan biri Diriya xrkimi Muhammad Ibn Saud (Saudiylar sulolasi boshlig’i) 1745 y. Arabistonni vahxrbiylik shiori ostida birlashtirishga harakat qildi. 19-a.ning boshlariga kelib Arabistonning talay qismi Saudiylar davlatiga birlashti- rildi. Bu davlat — birinchi Saudiy- lar davlati (1745-1811) hisoblanadi. 1811 — 18 y.larda Arabiston ya.o.ning ko’p qismi Misr poshosi Muhammad Ali qo’shinlari tomonidan egallab olindi va Saudiylar davlati parchalab yuboril- Di. 1843 y. Faysal ibn Turki boshchi- ligida saudiylar mahalliy qabilalar ko’magida Najdni ikkinchi marta egal- lashdi. Arriyod sh. poytaxtga aylanti- rildi. Barpo etilgan davlat — saudii- larning ikkinchi davlati hisoblanadi (1843-65). 1840 y.dan so’ng ham Hijoz turklar qo’lida qolaverdi. 19-a.ning 2-yarmida vahhobiylar davlati Shammar hukmdori bo’lgan rashidiylar tomoni- dan bosib olindi. 1902 y. Amir Ibn Saud Kuvayt hukmdori muborak yordamida Arriyodni egallab, rashidiylarga zarba berdi, keyinchalik Najdda Saudiylar hukmronligini tikladi. Abdulaziz ibn Abdurahmon (Ibn Saud) Ol Saudlar- ning uchinchi davlatiga asos soldi (1902 y.dan). Mustamlakachilik maqsadlarini ko’zlagan Buyuk Britaniya 1915 y. dek.da Angliya — Saudiya bitimining imzola- nishiga erishdi. Bitimga muvofiq, Buyuk Britaniya Najd mustaqilligini tan olib, Ibn Saudga subsidiya, qurolyarog’ b-n yordam beradigan bo’ldi. Biroq Najdni Turkiyaga qarshi urushtirishga muyassar bo’lmadi. Ayni vaqtda (1915) Misrdagi ingliz komissari Makmagon b-n Makka (Hijoz) sharifi Husayn o’rtasidagi Max- fiy yozishmalar natijasida bir bitimga kelishilib, unga muvofiq, Husayn ara- Blarni Turkiyaga karshi otlantirishga va’da berdi. Buning evaziga Buyuk bri- Taniya Husayn boshchiligidagi bo’lajak Arab davlatining mustaqilligini tan olmoqchi bo’ldi. 1916 y. Husaynning o’g’li Amir Faysal qo’shinlari ingliz razved- kachisi T. E. Lourens rahbarligida tur- kiyaga qarshi harbiy harakat boshladi. 1918 y. Husayn «arablar podshosi» degan unvonni oldi. Lekin Antanta davlatlari uni faqat Hijoz podshosi deb tan olish- Di. 1-jahon urushi tugagach, Ibn Saud Arabistonni birlashtirishni davom et- tiraverdi. 1920 y. u Asirning bir qismi ustidan hukmronlik o’rnatdi (Asirning hammasi 1930 y. bo’ysundirildi). 1921 y. Shammarni bo’ysundirdi. Yangi dav- latning kuchayishini xoxlamagan Buyuk Britaniya 1922 y. o’zining gumashtala- ri (sharif Husaynning o’g’illari) — Iroq qiroli Faysal va Movarourduniya (Transiordaniya) amiri Abdullohni Ibn Saud davlatiga qarshi chiqishga undadi. Saudiylar mag’lubiyatga uchradilar va bu Ibn Saudni 1922 y. Uqayrada Iroq b-n Kuvayt o’rtasidagi chegarani belgilash haqidagi shartnomani imzolashga maj- bur etdi. Natijada chegara, ya’ni betaraf mintaqa barpo etiddi. 1924-25 ylarda Ibn Saud Hijozni Najdga qo’shib oldi. Birinketin Toif, Makka, Jidda va Ma- Dina qo’lga kiritildi. 1926 y. yanv. da u o’zini Hijoz podshosi, Najd va b. qo’shib olingan viloyatlarning sultoni deb e’- lon qildi. 1927 y. Buyuk Britaniya yangi Saudiylar davlatini tan olishga majbur bo’ldi. 1932 y.dan boshlab mamlakat S.A. Podshohligi deb ataladigan bo’ldi. 1934 y. S.A. va Yaman o’rtasida bo’lib o’tgan va Yamanning mag’lubiyati b-n tugagan urush natijasida S. A. Asir, Jizana va Naj- Dning bir qismini o’z tarkibiga kirit- Di. 2-jahon urushi davri (1939-45) da S.A. Germaniya (1941) va Italiya (1942) b-n diplomatik aloqani uzdi, ammo urushda qatnashmadi. Urush oxiriga kelib S.A. da AQSh ta’siri kuchaya boshladi. 1943 y. AQSh Saudiya Arabistoni b-n diplo- matik aloqa o’rnatdi va S.A. ga Lendliz (biror shart b-n qarz berish) qonunini joriy etdi. AQShning aram ko neft kompaniyasi 1972 y.ga qadar neft qazib olish ishlarini bajarib keldi. 1962 y. Saud amaldagi hokimiyatni Amir Fay- salga topshirishga, 1964 y. 2 noyab.da esa Faysal foydasiga taxtdan voz ke- chishga majbur bo’ddi. Faysal hukumati xalq xo’jaligi (yangi sanoat korxonala- rini barpo etish va h.k.), xalq ta’limi sohasida bir qancha islohotlar o’tkazdi. 1960y.larning 2-yarmidan S.A. tashqi si- yosati 2 xil yo’nalishda bo’ldi. Bir tomon- dan musulmon davlatlari tashkiloti — Islom paktini tuzib (1966), kommunizm- ga qarshi harakatni qo’llab-quvvatlagan bo’lsa, ikkinchi tomondan Isroil agres- siyasiga duchor bo’lgan Arab mamlakatlari (Misr, Suriya va Iordaniya)ga moliyaviy yordam bera boshladi. 1973 y.gi yaqin Sharkdagi harbiy tanglik paytida S.A. o’z qo’shinlari b-n Arab mamlakatlari to- monida turib urushda qatnashdi va Misr hamda Suriyaga qaytarib olmaslik shar- ti b-n moliyaviy yordam berdi; Isroil- ni quvvatlayotgan mamlakatlar — AQSh, Gollandiyaga neft sotishni vaqtincha to’xtatib qo’ydi. 1974 y. okt. oyida ra- botda bo’lib o’tgan Arab mamlakatlari rahbarlarining konferentsiyasida S.A. Falastin Ozodlik tashkilotini tan oldi. 1975 y. 25 martda podshox. Faysal o’ldirilgach, uning o’rniga Xolid ibn Abdulaziz podshoh bo’ddi. 1982 y. iyunda Podshohxolid bin Abdulaziz vafotidan keyin uning o’rniga Faxd bin Abdulaziz taxtga o’tirdi. S.A. — 1945 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya munosabat- larini 1992 y. Fev,da o’rnatgan. Milliy bayrami — 23 sent. — Podshohlik e’lon qilingan kun (1932). Xo’jaligi. Iqtisodiyotining aso- si — neft va gaz sanoati. 2-jahon urushiga qadar S.A. xo’jaligida chor- vachilik ustun bo’lgan. Urushdan keyin neft qazib olish va eksport qilish hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Neft va neft mahsulotlaridan keladigan daro- mad 5 y.lik rejalar doirasida sanoatni rivojlantirishga katta mablag’ajratish imkonini berdi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 53%, q.x. ulushi 6%, xizmat ko’rsatish tarmog’i ulushi 41% ni tashkil etadi. I.ch. yalpi xdjmining 35% xususiy sektorga to’g’ri keladi. Sanoati . S.A. neft zaxiralari bo’yicha dunyoda 1-o’rinda (35,8 mlrd. ton- na), neft qazib chiqarish bo’yicha 2o’rinda (AQShdan keyin) turadi. Neftning 95% «Saudi aram ko» milliy kompaniyasi tomonidan qazib chiqariladi. S.A. da ku- niga 7,5 mln. barrel (2002 y. 308 mln. tonna) neft qazib olinadi. Gaz zaxira- lari bo’yicha dunyoda 4o’rinni egallasada, uni qazib olish bo’yicha yaqin Sharqda lo’rinda turadi. 1960y.larning oxiridan neft kimyosi sanoati keng rivojlandi. Metallurgiya (Jidda), qog’oz (Dammam), oziq-ovqat (Makkadagi yog z-Di, konditer f-kasi, ArRiyoddagi sabzavot konserva- lari va Jiddadagi meva sharbati ishlab chiqaradigan f-ka hamda Hufuf va Ma- dinadagi xurmoni qayta ishlash f-kasi), to’qimachilik, qurilish materiallari sa- noati xam rivojlangan. Jidda, Dammam va ArRiyodda tsement z-dlari, Dahronda oynashisha z-Di bor. Bu korxonalarning ko’pchiligi to’liq yoki qisman (70%cha) «Sabik» davlat kontserniga karashli va u tomonidan nazorat qilinadi. Yi- liga o’rtacha 66,8 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. S.A. da hunarmandchilik, shu jumladan, zargar- lik korxonalari salmokli o’rin egallay- Di. Qishloq xo’jaligi bundan chorak asr muqaddam iqtisodiyotning eng qoloqtarmog’i hisoblangan. 1990y.lar- dan u juda tez sur’atlar b-n rivojlan- Di va daromadli tarmoklardan biriga aylandi. Ekin ekiladigan umumiy may- don 1990y.larningoxirida 1,8 mln. gek- Targa etdi. Asosiy q.x. ekini — g’alla, sholi. Xurmo, kofe, uzum, mandarin, ba- Nan, sabzavot va mevali o’simliklar ham o’stiriladi. Ko’chmanchi chorvachilik ri- vojlangan: tuya, qo’y, echki, qoramol, shu- ningdek, tovuq boqiladi. Baliqovlash b-n shug’ullaniladi. Yiliga o’rtacha 698 ming t sut mahsulotlari ishlab chiqariladi. Mamlakat o’z aholisini asosiy oziq- ovqat mahsulotlari b-n to’liq ta’min- laydi. Dengizdan marvarid va marjon olinadi. Har yili Makka va Madinaga keluvchi 2 mln.dan ortiq ziyoratchiga xiz- mat ko’rsatiladi. Temir yo’llar uz. 1400 km ni tash- kil etadi. Eng yirik t.y. yo’nalishlari Dammam— Dahron—Arriyod (562 km), Hufuf—Arriyod (322 km). Avtomobil yo’llari uz. 159 ming km, undan 100 ming km asfaltlangan; neft quvuri uz. — 3,7 ming km. S.A. Yaqin Sharkda eng kuch- li dengiz flotiga ega. Mamlakatdagi asosiy dengiz portlari: Jidda, Yanbo, Jizon, RasTannura, Dammam, Jubayl, Daba va b. Mamlakatdagi 25 aeroport- dan 3 tasi xalqaro aeroportdir. Havo aloqasi «Saudiarabien erlayns» avia- kompaniyasi orqali amalga oshiriladi. Xalqaro aeroportlari Dahron, Jidda va ArRiyodda. S.A. chetga, asosan, neft va neft mahsulotlari, bug’doy, xurmo chiqaradi. Chetdan mashina jihozlari, avtomobil, iste’mol mollari, transport vosita- lari, metall, to’qimachilik buyumlari, qurolyarog’oladi. Asosan, Yaponiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Singapur, Frantsiya, Germaniya b-n savdo qiladi. Pul birligi — S.A. riyoli. Tibbiy xizmati. So’nggi 30 y. Ichida mamlakatda kasalliklarni davolash va oldini olishga qaratilgan keng qo’lamli investisiya dasturlarini amalga oshi- rish tufayli ijobiy o’zgarishlar ro’y berdi. Ilgari aholi orasida ko’p uch- raydigan sil, bezgak, teri va traxoma kasalliklari deyarli barham topdi. Mamlakatga har yili keladigan ziyorat- chilarga yuqori saviyada tibbiy xizmat ko’rsatiladi. Buning uchun Makkada 7 ka- salxona, 40 tibbiy markaz, Minoda 4 ka- salxona va 24 tibbiy markaz, Arofatda 3 kasalxona va 43 tibbiy markaz, Muzdali- FAda 6 tibbiy markaz, Madinada 8 kasal- xona va 48 tibbiy markaz mavjud. S.A. da 42625 o’rinli 290 kasalxona bor. Tib- biy markaz va dispanserlar soni 4000 dan oshadi. 2000 y. 30 544 vrach, 61 214 hamshira va 31977 texnik assistent ish- ladi. Vrachlarning 17% S.A. fuqarolari, qolganlari misrlik, pokistonlik, ma- layziyalik va b. mutaxassislardir. Eng chekka viloyatlardagi bemorlarni Mar- kaziy ixtisoslashgan kasalxonalarga tezkorlik b-n keltirish maqsadida 22 samolyotdan iborat havo ambulatoriyasi mavjud. S.A. Qizil yarim oy jamiyati- ning 154 markazi va 500 Kuchma ambula- toriyasi, 27000 xizmatchisi ham aholiga favqulodda yordam ko’rsatadi. Mamlakat va chet el fuqarolari uchun tibbiy xizmat bepul. Maorifi va madaniy-ma’rifiy mu- assasalari. 1926 y. boshlang’ich majburiy ta’lim va dunyoviy maktablar ochish, 1960 y. qizlarni majburiy ta’limga jalb etish qaqida qonunlar qabul qilingan. Ta’lim tizimi davlat qaramog’ida bo’lib, mamlakat fuqarolari va chet el- liklar uchun ham bepul. Maktabga 6 yosh- dan qabul qilinadi. Boshlang’ich maktab 6 y.lik, o’rta maktab 2 bosqichli bo’lib, to’liqsiz o’rta (3 y.) va to’liq o’rta (3 y.) maktabdan iborat. Boshlang’ich maktab negizida hunartexnika maktablari (4 y.lik), to’liqsiz o’rta maktab negizida hunartexnika bilim yurtlari (2 y.lik) ishlaydi. Maktablarda o’g’il bolalar va kizlar alohidaalohida o’qitiladi. S.A.da o’g’il bolalar uchun 11191 va qiz bolalar uchun 11441 maktab bo’lib, ularda4,15 mln. bola o’qiydi, 292 ming o’qituvchi ishlaydi. Har bir o’qituvchiga 15 o’quvchi to’g’ri keladi. Bu — dunyodagi eng yuqori ko’rsatkichlardan hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatda xususiy ta’lim muassasalari ham mavjud. Mam- lakatda bir qancha oliy o’quv yurtlari bor. Eng yiriklari: ArRiyoddagi podshoh Saud un-ti (1957), Jiddadagi Abdul Aziz un-ti (1967), Madinadagi I slom tadqiqotlari un-ti (1961), ArRiyoddagi Imom Muhammad ibn Saud Islom un-ti (1974), Sharqiy vshgoyatdagi podshoh Fay- sal un-ti (1974), Makkadagi Umm alkura un-ti (1981), Dahrondagi podshoh Faxd nomidagi neft va minerallar un-ti (1963), ArRiyoddagi Oliy texnologiya in- ti va texnika inti. Oliy ta’lim bera- digan un-t, institut va kollejlarda 297 830 talaba ta’lim oladi. Yirik kutubxonalari: Milliy kutub- xona (1968), Saud kutubxonasi, Arriyod un-ti kutubxonasi, Mahmudiya kutubxo- nasi, Orif Hikmat kutubxonasi, Madina un-ti kutubxonasi. S.A. da 153 madaniy markaz, madaniyat va san’at jamiyati, adabiyot klublari faoliyat ko’rsatadi. 12 ta muzey bor. Ularning eng yiriklari: ArRiyoddagi arxeologiya va xalq merosi milliy muzeyi, AlMasmak kal’asi mu- zeyi, Dammamdagi mintaqaviy muzey va b. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. S.A. da 100 dan ortiq kun- dalik gaz. va jur. nashr etiladi. Yiri- klari Arab tilida: «Albilad» («mamla- kat», kundalik gaz., 1934 y.dan), «Annad- va» («klub», kundalik gaz., 1958 y.dan), «Almadinaalmunavvara» (kundalik gaz., 1937 y.dan), «Arriyod» (kundalik gaz., 1964 y.dan), «Aljazira» («Orol», kundalik gaz.), «Ashsharqalausat» («Yaqin Sharq», gaz., 1978 y.dan); ingliz tilida: «Arab Nyus» («Arab yangili- klari», kundalik gaz., 1975 y.dan). Eng yirik va nufuzli nashriyot «AlYamama» hisoblanadi. Radioeshittirish 1948 y.dan boshlangan, 23 davlat radiostyasi mavjud. Eshittirishlar 4 kanal orkali Arab va ingliz tillarida, chet ellarga frantsuz, turk, urdu, Bengal, fors, o’zbek, suaxili va indonez tillarida uzatiladi. S.A. da milliy teleko’rsatuv faoliyati 1965 y.dan boshlangan. Makka (1967), Madina (1967), Dam- mam (1969) da yirik televizion markaz- lar mavjud. Teleeshittirishlar 2 kanal orqali olib boriladi. Sun’iy yo’ldosh orqali teleko’rsatuvlar asosiy axborot manbaidir. 70% teletomoshabinlar un- dan foydalanadi. Adabiyoti. Hozirgi S.A. hududidagi qad. va o’rta asr adabiyoti Arab mada- niyati o’zanida rivojlandi. Hijozda 5— 7-a.larda badaviylar she’riyati (Imruulqays) rivojlandi, 7-a. ning 1-yarmida esa «Qur’on» xatga tushiril- Di. Badaviylar she’riyati namunalari va «Qur’on» mumtoz Arab tilini na- moyon etuvchi buyuk manba hisoblanadi. Arab xalifaligi tashkil topishi, 7-a. ning 20y.larida adabiy hayot markazlari- ning o’zgarib turishi (Damashq, Bag’dod, Kohira va b.) S.A. da adabiyot rivojini birmuncha sustlashtirdi. Vahhobiylar mafkurasi va konservativ jamiyat tu- zilishi yangi adabiyot rivojini uzok, vaqtgacha to’xtatib qo’ydi. Qo’shni Arab mamlakatlarining ta’sirida 20-a.ning 20y.laridan bir qancha shoir, jurnalist, yozuvchilar etishib chiqdi. Ularning asar- larida ma’rifatparvarlik, romantik va realistik yo’nalishlar uyg’unlashgan edi. Muhammad surur asSabbon va Muhammad Hasan Avvad romantik yo’nalish asos- chilari hisoblanadi. Husayn Sirxan, Muhammad Hasan FIKi, Muhammad ala- Mir arRumeyxa kabi shoirlar mazkur yo’nalishda ijod qilgan shoirlardir. Mehnatkash xalq hayotini, jamiyatda- gi ijtimoiy adolatsizliklarni fosh etish Ahmad Abd alG’afur Attor ijodi- da muxim o’rin tutadi. 2-jahon urushi (1939-45) dan keyingi davr nasrida Amin Salom Rumayha, Abdulla Munaa, Yusuf bin ashshayx Ya’qub hikoyalari, Hasan Nosif, Abd assalom Hoshim Hofiz qissalari realistik yo’nalishga ega. Realist yozuvchilar asarlarida sen- timentalizm ruhi kuchli. 1957 y. Abd as- Salom Hoshim Hofizning xotin-qizlar huquqini himoya etishga bag’ishlangan «Hijozlik Samro» nomli birinchi ro- mani nashr etildi. 50y.lardagi publi- tsistika va adabiy tanqidda Muhammad Hasan Avvad, Abdulla bin xalis, saod albovaridiy, Abdulla Abd aljabbor va b. ijodi muhim ahamiyatga egadir. Hikoya janri yaqinda paydo bo’lgan bo’lsa ham, S.A. adabiyotida etakchi o’rinni egallaydi. Ahmad asSiboi, Hamid Damanquri hikoya janrining asoschilari hisoblanadi. Ahmad Assibo- ining «Egizaklar» asari bu janrda yara- tilgan birinchi asardir. Novella Jan- ri ham yangi janrlardan hisoblanadi. Husayn Ali Husayn, Muhammad Ulvan, Ali Xasuna, Siboi Usmon, Muhammad alMansura ashShakxa mazkur janrda sa- marali ijod qilmoqdalar. 80y.lardagi publisistika va adabiy tanqidda Ahmad Abd alG’afur al Attar, Muhammad Abdo Yamanini alohida ko’rsatish mumkin. 1980 y.dan podshoh farmoni b-n ada- biyot bo’yicha davlat mukofoti ta’sis etilgan. Me’morligi va tasviriy san’ati. Odam yuzi tasvirlangan tosh haykalchalar, hayvonlar tasvirlangan tosh releflar S.A. hududidagi qad. yodgorliklardan hisoblanadi (mil. AV. 7-2-a.lar). Makka va Madinada o’rta asr Arab me’morligi yodgorliklari (machit, madrasa, minora- lar) saqlangan. Hijoz shim.da mil. AV. 2 va mil. 1-a. larga oid nabatiyaliklar shahri vayronalari va qabrlar topilgan. Aholi turmush darajasining yuksalib borishi b-n an’anaviy loy va xom g’ishtlar o’rniga zamonaviy qurilish materialla- ridan mahalliy iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda Villa va ko’shklar qurildi. Ko’chmanchilarning turar joy- lari esa echki terisi b-n yopilgan chayla- lardan iborat. Yirik shaharlar (Makka, Arriyod, Madina, Jidda)da jahon ando- zalariga mos darajada ko’p qavatli uy- lar, mehmonxona, stadion, aeroportlar mavjud. Zamonaviy qurilishlarda Arab milliy me’morligi an’analari o’z aksi- ni topgan. Yirik inshootlarning devori ko’pi marmar b-n qoplangan. Kinosi. S.A.da hayot tarzi Islom dini arkonlari asosida qurilgani sa- babli kinoteatr va teatrlar yo’q. Shunga muvofiq, kinematografiya san’ati ri- vojlanmagan. Asosan, sport va ijtimo- iy xarakterga ega filmlar yaratiladi. Ommaviy tarzda kinofilm va spektak- llar namoyish etilmaydi. O’zbekiston — S.A. munosabatlari. 1992 y. Fev.da S.A. tashqi ishlar vaziri Shahzoda Saud Alfaysal bin Abdulaziz Ol Saudning O’zbekistonga, o’sha yil apr. da O’zR Prezidenti I. A. Karimovning S.A. ga tashrifidan so’ng 1992 y. noyab. da Jidda sh.da O’zR konsulxonasi, may oyida ArRiyodda elchixonasi, 1997 y. 27 martda Toshkentda S.A. elchixonasi ochildi. 1995 y. noyab. da O’zR tashki ish- lar vazirining S.A. ga qilgan tashrifi davomida O’zbekiston b-n S.A. o’rtasida savdo, iqtisod, investisiyalar, texni- ka, madaniyat, sport va yoshlar ishlari sohalarida hamkorlik qilish to’g’risida bitim imzolandi. 1996 y. apr.da ArRiyodda O’zR Prezidenti I.A. Karimovning «O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida», 1998 y. martda «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavf- sizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarlari Arab tilidagi nashrining rasmiy takdimoti o’tkazildi. 1996 y.da S.A.ning «Delta oyl» shir- kati b-n hamkorlik aloqalari o’rnatildi. Jumladan, O’zbekiston hukumati AQSh — S.A. ning «Yunikol» va «Delta oyl» shirkatlari konsortsiumi b-n neft va gaz quvurlari loyihalari to’g’risida bitim, «O’zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi esa O’zbekistonda neft razvedkasi hamda uni qazib chiqarish haqida anglashuv bayonnomasini imzola- Di. 1996 y. yanv.da «O’zbekturizm» kom- paniyasi «Almarva» shirkati b-n turizm va aviachiptalarni sotish to’g’risida bitim imzoladi. 2002 y.da O’zbekiston — S.A. o’rtasidagi tovar aylanmasi 3,9 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistonning S.A. ga eksporti, aso- san, savdo va unga aloqador xizmatlardan iborat. Ayni paytda, S.A.dan shirinli- klar, don, gilam va polni krplaydigan mahsulotlar, o’simlik va mol yog’i, mebel va choyshablar, spirtsiz ichimliklar, optika jihozlari, poyabzal, bo’yoklar, o’yinchoq va sport anjomlari olinadi. O’zbekistonda S.A. ishtirokidagi 14 korxona ro’yxatga olingan bo’lib, ular- ning 10 tasi qo’shma korxona, 4 tasi 100% S.A. sarmoyasidagi korxonalardir. Ikki davlat o’rtasida ta’lim va din sohalarida ham hamkorlik rivojlan- gan. 1997 y. S.A. oliy ta’lim vaziri Xalid alanqariy O’zbekistonga S.A. ning bir necha un-tlari rektorlaridan iborat delegasiya b-n tashrif buyurdi. Mustaqillik davrida respublikamiz- ning 45 mingdan ortiq fuqarosi haj, 35 mingdan ziyod fuqarosi Umra safarlari- da bo’ldilar (2004). Nosir Orifxo’jaev.