Sauna (sauna), fin hammomi

Sauna (sauna), fin hammomi — hammomning quruq issiq havoli turi. Qad.dan Finlyandiyada mavjud bo’lgan; S. qurish 20-a. 70y.laridan G’arbiy Ev- ropada, keyinroq boshqa erlarda, jum- ladan, O’zbekistonda ham rasm bo’ldi. S.ning odam organizmiga ta’siri tra- lar farqiga asoslangan: issiqxonadagi qaynoq quruq havo (tra 90-140°, havo namligi 5 — 15%) sun’iy hovuz yoki tabiiy suv havzasi (ko’l yoki Daryo) Su- VIning sovuq havosi b-n almashinadi. Issiqxonada yaxshigina qizib terlagan kishi birdaniga sovuq suvga tushgach, tralar farqi hisobiga kapillyarlardan organizmdagi zararli moddalar tirsil- lab chiqib ketadi. Shunda odam engil na- fas ola boshlaydi. S.da yuvinish kishi organizmini chiniqtiradi va ma’lum darajada davolaydi. S.dagi yuqori tra- ni kishi organizmi bug’i o’ta nam bo’lgan (namlik 80-90%, tra 70-90°) rus hammomidagiga nisbatan osonroq qabul qiladi. S.da yuvinish kishi organizmi uchun juda foydali va yoqimli muolaja, lekin uning ham o’z me’yori bor: yuvinish mobaynida issiqxonaga 2-3 martadan ortiq kirmaslik kerak: har bir kirish oldidan kamida 15 min. tanaffus qilish lozim. Ayniqsa, sog’ligi uncha yaxshi bo’lmaganlar: oshqozon yarasi borlar, yuragi xastalar, qon bosimi baland yoki past kishilar, astma xastaligiga duchor bo’lganlar, semiz va qari kishilar juda ehtiyot bo’lishlari lozim. Og’iroyoq ayol- lar va bolalar Sda yuvinishi mumkin emas. S. issikxonasining devorlari va terlash supalari igna bargli daraxt yog’ochidan qilinadi. Shuning uchun S.da o’ziga xos o’rmon havosining hidi Ufu- rib turadi. S.gaz, o’tin, ko’mir va, aso- san, elektr pech b-n qizdiriladi. Pech ustiga o’rtacha kattalikdagi qora toshlar terib qo’yiladi. Toshlar qizigach, chatnab kishini shikastlamasligi uchun ularning ustiga sim to’r o’rab qo’yiladi. S.da bir haftada bir marta yuvinish yaxshi samara beradi. O’rta Osiyo, shu jumladan, O’zbekistondagi qad. hammomlarda ham xuddi S.dagidek quruq havoli issiqxona bo’lgan, lekin suvli hovuz bo’lmagan (yana q. Hammom).