SAVA

SAVA — G’arbiy Yevropadagi daryo, Dunay daryosining eng sersuv o’ng irmog’i. Uzunligi 940 kilometr, havzasining maydoni 95 ming kilometr kvadrat. Alp tog’laridan boshlanib, o’rta va quyi oqimida O’rta Dunay tekisligidan oqadi. Yirik irmoqlari: kupa, una, Drina va boshqalar, asosan, Dinara tog’ligidan oqadi. O’rtacha suv sarfi 1670 m3/sek. Quyilish joyidan 600 kilometr masofada kema qatnaydi. Sava vodiysida Lyublyana, Zagreb shaharlari, quyilish yerida Belgrad shahri joylashgan.