SAVDO KVOTASI

SAVDO KVOTASI — tashqi savdoda ishtirok etishning miqdoriy chegarasi. Savdo kvotasi eksport yoki import qilinadigan tovarlarning miqdori, tuzilishi, ularni sotish yoki sotib olishning pul bilan hisoblangan miqdorini bildiradi. Savdo kvotasi tashqi savdo bitimiga qo’shilgan mamlakatlar, firmalar yoki tashkilotlarning birgalikdagi kelishuvi qaroriga binoan belgilanadi yoki bir tomonlama o’rnatiladi. Bir tomonlama joriy etilgan eksport, importni, o’z ixtiyori bilan qisqartirish yoki norozilik bildirish uchun qo’llaniladi. Savdo kvotasiga binoan eksport, import litsenziyalari beriladi.