Saylov komissiyasi
Saylov komissiyasi (O’zRda) mamlakat prezidenti va vakillik or- ganlariga o’tkaziladigan saylovlarni tashkil etuvchi maxsus kollegial organ. Saylov komissiyalari tizimi, ularni tashkil etish tartibi va vakolatlari, odatda, saylovlar to’g’risidagi qonunlar b-n belgilanadi. Mas, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi konunga ko’ra, O’zR Pre- zidenti saylovini tashkil etish va uni o’tkazish quyidagi saylov komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi: O’zR Mar- kaziy S.k.; O’zR Prezidenti saylovini o’tkazuvchi okrug S.k.; O’zR Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov ko- missiyalari O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik pala- tasiga saylov utkazuvchi saylov komis- siyalari tizimi quyidagicha: Markaziy S.k.; okrug saylov komissiyalari; uchastka saylov komissiyalari. O’zbekiston Respu- blikasi Oliy Majlisining yuqori Pa- latasi — Senatga saylov o’tkazish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi va har bir viloyatda Markaziy S.k. tomonidan bittadan faqat okrug S.k. tuziladi. Xalq deputatlari, viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o’tkazish uchun xalq deputatlari viloyat Kengashi- ga saylov o’tkazuvchi viloyat S.k.; xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o’tkazuvchi tuman S.k.; xalq deputatla- ri shahar Kengashiga saylov utkazuvchi shahar S.k.; shuningdek, shahar va tuman xalq deputatlari Kengashlariga saylov o’tkazuvchi okrug va uchastka saylov komis- siyalari tuziladi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga saylovlar vaqtida fuqarolar yig’inlariga amaliy yor- dam ko’rsatish vaqtida saylovni tash- kil etish va o’tkazishga ko’maklashuvchi Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari, shaharcha, mavze, qishloq, ovul, mahalla ishchi gu- ruxlari tuziladi. O’zbekistonda Markaziy S.k. doimiy ishlovchi organ. Boshqa komissiyalar faqat saylov o’tkazish uchun tuziladi va saylov tugagach, faoliyati to’xtaydi. O’zbekiston Respublikasi Preziden- ti saylovini utkazuvchi saylov komissi- yalari va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylov o’tkazuvchi saylov komissiyalari tuzilishi va tarkibi jihatdan bir xil bo’lishi ta’minlanadi. Birinchi holatda okrug S.k. saylov tayinlangandan keyin Markaziy S.k. tomonidan 20 kundan ke- chiktirmay rais, uning urinbosari, ko- tib va kamida 6-8 nafar a’zodan tuzila- Di. Ikkinchi holatda esa okrug S.k. Mar- kaziy S.k. tomonidan saylovga kamida 70 kun qolganda rais, rais o’rinbosari, ko- tib va yana kamida 6 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Okrug S.k. a’zoligiga nomzodlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’I Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent sh. Kengashlarining majlisla- rida muhokama qilinadi va Markaziy S.k.ga tasdiklash uchun tavsiya etiladi. Uchastka S.k. a’zoligiga nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari- ning majlislarida muhokama qilinadi va tegishli okrug S.k.ga tasdiklash uchun tavsiya etiladi. S.k. a’zolari jamoatchi- likning obro’li vakillari orasidan tay- inlanadi.