Saymon (Simon) Gerbert Aleksandr

Saymon (Simon) Gerbert Aleksandr (1916.15.6, AQSh, Milluoki, VI- skonsi shtati — 1985) — amerikalik iqtisodchi. Chikago un-tini tugatgan. Illinoys texnologik in-ti va Karne- gi-Mellon un-tlarida o’qituvchi (1949 y.dan). Uning ilmiy tadqiqotlari hoz. zamon iqtisodiyot fanining tashkilot (firma)larda qarorlar qabul qilish na- zariyasi, menejment, evristik dastur- lashtirish sohalariga bag’ishlangan. «Ma’muriy xulq» (1947) asarida firma nazariyasini rivojlantirdi va qarorlar qabul qilish nazariyasini asoslab berdi. Amadda zamonaviy firma boshqaruvchilar guruhi tomonidan boshqariladigan, mulk ham, nazorat ham taqsimlangan yirik iqtisodiy birliqdan iborat. Firma qarorlari, yangi davrda klassik yakka tad- birkor o’rniga o’zaro hamkor rahbarlar guruhi tomonidan qabul qilinadi va bunday qarorlarda har bir a’zoning manfaati yotadi. Alohida firmalar foydani maksimallashtirishga emas, balki muammolarning maqbul echimla- rini topishga intiladilar. Qarorlar qabul qiluvchi guruh eng muqobil echim- ni tanlay olmagani sababli qoniqarli muqobil qarorlar b-n qanoatlanishlari lozim. Nobel mukofoti laureati (1978). As: Nauka ob iskusstvennom, M., 1972.