Sayyid baraka, Mir Sayyid Baraka

Sayyid baraka, Mir Sayyid Baraka (?— 1404) — Amir Temurning piri. Sharafiddin Ali Yazdiyning yozi- shicha, asli Makka sh.dan bo’lib, Amir Te- Mur b-n dastlab Termiz sh.da uchrashgan. Makka va Madinaning vaqf (Makka va Madina sh.lari Islom olamida muqaddas shaharlar deb atalgani sababli Islom davlatlari hukmdorlari har yili bu shaharlarga vaqf mablag’i, ya’ni belgi- langan miqdordagi mablag’ni yuborib tu- rishni sharafli burch deb bilganlar) la- rini undirish uchun Balxga Amir Husayn huzuriga kelgan. Amir Husayn u talab qilgan mablag’ni berish u yoqsa tursin, hatto S.B.ga iltifot ham ko’rsatmaydi. U bunday sovuq munosabatdan xafa bo’lib Termizga qarab ketadi va Termiz yaqinida Amir Temur b-n uchrashadi. Amir Temur u talab qilgan mablag’ni ortig’i b-n bera- Di. SB. Amir Temurga nog’ora b-n bayroq tortiq qiladi. Amir Temur 1370 y. salta- natni qo’lga olgach, Andxo’y (Afg’oniston) viloyatini barcha qishloqlari b-n S.B.ga «iqto'» tarzida in’om qiladi. S.B. Sohibqironning Mozandaron, Dashti qipchoq harbiy yurishlarida unga hamroh bo’lgan, qo’shinning ruhini ko’targan. S.B. harbiy safarlarga qatnashmagan paytda Samarqand va Andxo’yda yashagan. 1404 y. qishda S.B. og’ir kasallikdan so’ng vafot etadi. Bu xabarni eshitgan Amir Te- Mur S.B. ning jasadini Andxo’yda dafn etishni buyuradi. 1409 y. Shoxrux Mir- zo Movarounnahr taxtini Xalil Sul- tondan tortib olgach, S.B.ning xokini Andxo’ydan Samarqandga keltirib, Amir Temur maqbarasiga dafn ettiradi.