Sayyid Mir kulol Buxoriy
Sayyid Mir kulol Buxoriy [13-asr oxiri, Buxoro yaqini (hozirgi Kogon tumani)dagi Suxor qishlog’i — 1370] — xojagon naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi, buxorolik 7 pirning oltinchisi. Samosiydan tahsil olgan. Kulolchilik bilan shug’ullangan (nomi shundan). Uning 114 xalifasi bo’lib, Bahouddin Naqshband, Shamsuddin Kulol (Amir Temurning piri), Xoja Orif Deggaroniy eng mashhurlari sanalgan. Sayyid Mir kulol xafiy (ovoz chiqarmay) zikr bilan birga jahriy (baland ovozda) zikrdan ham foydalangan. U jahriy zikr tarafdori edi. Sayyid Mir kulol tug’ilgan qishlog’ida dafn etilgan. Qabri ustida maqbara o’rnatilgan. Ad.: Alisher Navoiy, Nasoyim ulmuhabbat (mukammal asarlar to’plami, 17j.), T., 2001; Durdona, Mir Kulol va Shohi Naqshband maqomatlari, T., 1993.