Sayyodiy

Sayyodiy, Sayyodiy o’g’li, Sayyodiy o’g’li xarobiy (taxalluslari; ismi Sayyid Muhammad) (17-asrning 2-yarmi, Balx yaqinidagi Xayrobod qishlog’i) — shoir. Ovchi (Sayyod) oilasida tug’ilgan, o’zi ham shu kasb bilan shug’ullangan. Shoirning ayrim she’rlari hamda «Tohir va Zuhra» dostonigina yetib kelgan. Dostonda xalq og’zaki ijodida keng tarqalgan syujet yozma adabiyot an’analari asosida bayon qilingan. Unda haqiqiy muhabbat va insoniylik kuylangan, zo’rlik va adolatsizlik qoralangan. Dostonga 50 dan ortiq g’azal shaklidagi she’riy parchalar kiritilgan. Doston asosida musiqali drama (1938, Sobir Abdulla) va kinofilm (1950) yaratilgan. As: Tohir va Zuhra, T., 1960. Ad.: Nishonboeva T., Poema Sayyadi «Taxir i Zuxra», T., 1965.