Seara

Seara — Braziliyaning shim.Sharkiy qismidagi shtat. Mayd. 146,3 ming km2. Axoliey 7,4 mln. kishi (2000). Ma’muriy markazi — Fortaleza sh. Shim.da Atlan- tika okeani sohil bo’yi pasttekisligiga o’tib boruvchi Braziliya yassitog’ligining shim.Sharqiy yon bag’irlarida (bal. 300— 600 m) joylashgan. Iqlimi subekvato- rial iqlim, o’rtacha t-rasi yanv.da 27°, iyulda 25°. Yillik yog’in 1000-1300 mm. O’rmonlar, savannalar, dare vodiylarida palmazorlar bor. Xo’jaligining etakchi tarmog’i — q.x. va o’rmon xo’jaligi. Aso- san, paxta, banan, shakarkamish, maniok, makkajo’xori, dukkakli ekinlar, kofe, tamaki, tsitrus mevalar etishtiriladi. Ichki hududlarda ekstensiv chorvachilik, shaharlar atrofida sut chorvachiligi ri- vojlangan. S. karnaub palmasi tolasi tayyorlash, keshyu yong’og’i, kauchuk yig’ish bo’yicha mamlakatda 1-o’rinda. Oziqovqat, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Gips, kurilish shag’allari, magnezit, den- gizdan tuz olinadi. Asosiy portlari: Fortaleza, Mukuripi, Arakati.