SEDAN
SEDAN (Frantsiyadagi sedan shahri nomi bilan bog’liq, deb taxmin qilinadi) — yengil avtomobil kuzovining nomi. Sedanning 4 eshigi va orasida to’sig’i bo’lmagan kamida 2 qator o’rindiklari bo’ladi. Sedan juda mustahkam yuk ko’taruvchi konstruktsiyani hosil qilishga imkon beradi. Masalan, BA32101, GAZ31 («Volga»), «Nektsiya» va boshqa avtomobillarning kuzovi Sedan tipida yasalgan.